Kontent qismiga oʻtish

Feyshuy jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feyshuy jangi      [tahrir | manbasini tahrirlash]

317-yilda podshohlar avlodidan bo'lgan Sima Jun Van Dao va uning safdosh- lari yordamida Szyankanni (hozirgi Nankin) poytaxt qi- lib taxtga o'tirdi. Tarixda bu davr Sharqiy Szin sulolasi davri deb ataladi. Shimolda joylashgan xalqlar va Xuanxe tekisligidagi xanlar 16 ta hukumat tashkil qildilar. Bu davr "o'n olti davlat davri” deb ataladi. Sharqiy Szin va o'n olti davlat yerlari xaritasi IV asrning ikkinchi yarmida imperator Syansin Fuszyan Shimolni birlashtirdi. 383 yilda u qoʻshinlarini janubga yo'llab, Sharqiy Szinlarni bir yoʻla tugatishni o'yladi. Uni bu yo'ldan qaytarmoqchi bo'lib, ko'p urindilar, chunki Yanszilar himoyasida boʻlgan Sharqiy Szinga qarshi urushish qiyin edi. Biroq, Fuszyan: "Biz ko'pmiz, biz kuchlimiz, har birimiz daryoga to'r tashlashimiz bilan uni yo'lini to'sa olamiz", dedi. Sharqiy Szin Syansinga birlashgan kuchlar bilan zarba berish- ga qaror qildi. O'sha vaqtda Szin qo'shinlariga Se Shi, Se Syuan va Lyu Laochji qoʻmondonlik qilardi. Ularning qo'shinla- ri soni 80 ming kishidan ibo- rat edi. Syansin qoʻshinlari Shouyanni (hozirgi Anxoyda- gi Shousyan uyezdi) egalladi.Fuszyan asirga tushgan general Chju Syuy ni Szin qo'shinlarini taslim bo'lishga ko'n-dirish uchun qaytarib yubordi. Chju Syuy Se Shiga syansinliklar o'mashgan joyni faqat 250 ming odam ushlab turganligini aytdi va raqibga birinchi bo'lib hujum qi- lishni taklif qildi. Sima Jun Noyabrda Lyu Laochji 5000 kishi-ni boshqarib, dushmanga hujum qildi va Syansin qo'shinlarining 50 mingtasini yo'q qildi. Lyu Laochji g'alabasidan foydalangan Se Shi ham jangga kirdi. Raqiblar- ning qo'shinlarini Feyshuy daryosi ajratib turardi. Se Syuan. daryo jang qilish uchun xalaqit qilishini inobatga olib, Syan- sin qo'shinlariga orqaga chekinishni taklif qildi. Fuszyan Szin qo'shinlarining otliqlari daryodan o'tayotganda hujum qilishga qaror qilib, o'z qo'shinlariga daryodan chekinishni buyurdi. Biroq, lashkarlar chekinishning sababini tushunmay, ularning qo'shinlari tor-mor keltirildi deb o'yladilar. Uning ustiga Chju Syuy: "Syansin qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi", deb baland ovoz bilan qichqiradi. Qarorgohda sarosima boshlandi. Bu holatdan foydalangan Szin qo'shinlari daryodan o'tib oldilar. Raqib qochdi. Fuszyan kamon o'qidan yaralandi. Chan'anga jami 100 mingdan ortiq Syansin qo'shinlari yetib keldi. Tarixda mana shu kichik sonli kuchlar bilan raqiblarning kat- ta sonli kuchlarini tor-mor keltirilishi mashhur Feyshuy jangi hi- soblanadi. Syansin imperiyasi yemirildi, Shimol yana ko'pgina knyazliklarga bo'linib ketdi. Vaholanki, Sharqiy Szin Janubning barqarorligini kafolatlagan edi. Keyin Sharqiy Szin hokimiya- tini general Lyu Yuy bosib oldi va Sun sulolasiga asos soldi. 420-yildan 589-yilgacha, ya'ni 170 yil davomida Janub to'rtta- Sun, Si, Lyan va Chen sulolalari hukmronligini ko'rdi. Tarixda bu davr Janubiy sulolalar davri deb ataladi. 439-yilda Shimo- liy Vey hokimiyati Shimolni birlashtirdi va Janub sulolalariga qarshi kuchlari tashkil qildi. Tarix endi Janubiy va Shimoliy sulolalar davriga kirdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nosirov, S. Xitoy tarixi. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2018 — 83,84,85 bet. 

Adabiyotlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.Nosirova, S.Hashimova. Xitoy tarixi. Toshkent -2018 83,84,85 betlar