Fermobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fermobil uzlukli yoʻlda harakatlanuvchi transport vositasidir. U temir yoʻl qurish qiyin va qimmat boʻlgan hududlar uchun moʻljallangan. Fermobil loyihasi Irkutsk politexnika universitetida ishlab chiqilgan, u haqidagi maqola "Texnika - molodyoji" jurnalining 1975 yilgi 4-sonida texnika fanlari nomzodi Igor Beskin tahriri ostida chop etilgan[1].

Texnik tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fermobil yoʻli bir-biridan maʼlum masofada tiklangan, balandligi 1,5-2,5 metrlik ustunlar va ularga qoʻyilgan 2-3 metrlik yoʻnaltiruvchi plitalardan iborat. Ustunlar orasidagi masofa ular qoʻyiladigan yer tasnifiga (gil tarkibiga) koʻra har xil boʻladi, hisoblangan oʻrtacha masofa 50 metrdir. Fermobil uzunligi 120 m, balandligi va eni - 20m dan.

Fermobil 100 km/soat tezlikka erisha oladi; unga 220 tonnagacha yuk ortish mumkin. Fermobil ost qismida rolgang - rebordli rolik gʻildiraklar joylashgan. Rebordlar roliklarni surilib ketishdan saqlaydi. Loyihada fermobil elektr dvigateli yordamida harakatlanishi koʻrsatilgan.

Taqdiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fermobil mualliflariga mualliflik guvohnomalari (№290981 va №284004) berilgan boʻlsa-da, u haligacha qurilmagan[manba kerak].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Техника - молодежи" jurnali (djv formatda)[sayt ishlamaydi]