Feniks Dzetasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feniks Dzetasi (ζ Phoenicis, ζ Phe) ― Feniks yulduz turkumidagi asosiy ketma-ketlik B spektral turidagi yulduzdir. Oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. Giparkos sunʼiy yoʻldoshi tomonidan parallaks oʻlchovlari natijasida olingan yulduzdan Quyoshgacha boʻlgan masofa taxminan 300 yorugʻlik yiliga teng (92 parsek)[1].

Feniks Dzetasi — bu Algol tipidagi tutilgan qoʻshaloq oʻzgaruvchan yulduz. Bir-birining atrofida aylanadigan ikkita yulduzdan iborat boʻlib; yulduzlardan biri ikkinchisining oldidan oʻtganda, ikkinchi yulduzning nurlanish qismining yoʻlini toʻsib qoʻyadi. Shunday qilib, koʻrinadigan yulduz kattaligi 1,66977 kun (orbital davr) bilan 3,9 dan 4,4 gacha oʻzgarib turadi.

Bu yulduz tizimi toʻrt komponentdan iborat boʻlishi ehtimoli yuqori: koʻrinadigan yulduz kattaligi 7,2 va 8,2 boʻlgan yana ikkita yulduz asosiy qoʻshaloq yulduzdan 0,8 va 6,4 yoy sekundlik burchak masofalarida joylashgan[2]. 6,4 yoy soniya masofada joylashgan hamroh yulduz Feniks Dzetasi C deb ataladi va A yoki F spektral tipidagi asosiy ketma-ketlik yulduzidir. Dastlabki orbita aniqlandi, aylanish davri taxminan 210-yil, ekssentrisitet 0,35 ga teng[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. van Leeuwen, F. „HIP 5348“. Hipparcos, the New Reduction (2007). Qaraldi: 2009-yil 14-dekabr.
  2. Zasche, P.; Wolf, M.; Hartkopf, W. I.; Svoboda, P.; Uhlař, R.; Liakos, A.; Gazeas, K. A Catalog of Visual Double and Multiple Stars With Eclipsing Components(ingl.) // The Astronomical Journal : journal. — IOP Publishing, 2009. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1088/0004-6256/138/2/664. — Andoza:Bibcode. —

    Arxiv

    0907.5172

    .
  3. „Sixth Catalog of Orbits of Visual Binary Stars“ (deadlink). United States Naval Observatory. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.