Kontent qismiga oʻtish

Federiko Rampini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Federiko Rampini

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Federiko Rampini (1956 yil 25 martda tug'ilgan) - italyan jurnalisti, yozuvchisi va o'qituvchisi bo'lib, u Italiya va Amerika fuqarosi hisoblanadi.U Il Sole 24 Ore gazetasining muharrir o'rinbosari bo'lib ishlagan va 1997 yildan beri La Repubblica uchun bosh xorijiy muxbir sifatida faoliyat yuritadi.U 2000 yildan beri Qo'shma Shtatlarda yashaydi. U 2019 yilda Ernest Hemingveyn mukofoti sovrindori bo'lgan. [1]

Hayoti, ta'limi va oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Federiko Rampini 1956 yil 25 martda Italiyada, Genoa shahrida tug'ilgan va otasining Yevropa Komissiyasidagi ishi sababli Bryusselda katta bo'lgan.U Bryusseldagi Yevropa maktabini bitirgan va Yevropa Bakalavrini olgan. Keyinchalik u Milandagi Bocconi universitetida to'rt yil davomida siyosiy iqtisodiyotni o'rgangan. So'ngra u Rimdagi Sapienza universitetida o'qigan, u yerda Mario Dragi kabi zamondoshlari bo'lgan. U, shuningdek, Parijdagi École pratique des hautes étudesda fransuz liberal sotsiologi Raymond Aronnning seminarlarida qatnashgan. U 1974 yildan 1984 yilgacha Italiya Kommunistik partiyasining a'zosi bo'lgan.


Rampini Stefania bilan turmush qurgan, ularning ikki nafar farzandlari bor- birinchisi aktyor Jakopo Rampini va ikkinchisi universitet professori Konstansa Rampini. U 2000 yildan beri AQShda yashaydi va 2014 yilda AQSh fuqaroligini olgan.

[2]

Rampini jurnalist sifatida faoliyatini 1977 yilda Italiya kommunistik yoshlar federatsiyasi (FGCI) haftalik jurnali Città futurada boshlangan. O'sha paytda federatsiya kotibi Massimo D’Alema bo'lgan. 1979 yildan 1982 yilgacha u "Rinascita" haftalik gazetasining iqtisodiy uyushma muharriri sifatida ishlagan. 1982 yilda Rampini Mondo Economico (Il Sole 24 Ore haftasi) ga , keyin esa L'Espresso (1982-1986) ga ko'chib o'tadi ..Rampini Il Sole 24 Ore gazetasida besh yil davomida (1986-1991) Fransiyadan muxbir sifatida va keyinchalik bosh muharrir o'rinbosari (1991-1995) bo'lib ishlagan . 1995 yildan beri La Repubblica gazetasida ishlamoqda, avvalliga Milanda tahririyat boshlig'i, keyin Brukselda (1997-2000), San-Fransiiskoda (2000-2004), Pekinda (2004-2009) va 2009 yildan boshlab Nyu-York shahrida xorijiy muxbiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Rampini tez-tez G-8, G-20 va Davos Jahon iqtisodiy forumi kabi yuqori darajadagi xalqaro sammitlardan ,shuningdek, u AQSh Prezidentligidan matbuotga akkreditatsiya olgan bo'lib, Oq uydan ham xabarlar berib boradi.

Rampini - sermahsul no-badiiy yozuvchi va essist bo'lib, u 30 dan ortiq kitob yozgan. Kitoblarning aksariyati Mondadori tomonidan nasr etilgan va bir nechta tillarga tarjima qilingan. 2005 yilda uning "Il Secolo Cinese" ("Xitoy asri") kitobi bir necha oy davomida Italiyaning no-badiiy eng yaxshi sotilganlar ro'yxatida yetakchilik qilgan va hozir o'n olti nashri mavjud. Uning 2006 yilgi "L'Impero di Cindia" ("Xitoy Imperiyasi") (Mondadori) kitobi 100 000 dan ortiq nusxada sotilgan.

Rampini 2005 yilda EV50 tomonidan o'tkazilgan European Voice so'rovnomasida Evropadagi eng nufuzli 50 shaxs orasida ko'rsatilgan. .U Kaliforniya universiteti Berkeley jurnalistika maktabi, Milandagi Bocconi universiteti va Shangay iqtisodiyot va moliya universiteti professori bo'lib ishlagan.

2015 yil boshida Federico Rampinining maqolalaridan birini The New York Times va Financial Times kabi gazetalar tomonidan maqola va hisobotlarining tarjimalari va qisqartirishlariga asoslaganlikda ayblashgan. Ulardan biri, Vandana Shiva bilan suhbat bo'lib, Shiva veb-saytidagi blog posti orqali qisman tarjima va qayta ishlash orqali yaratilgan

  • Premio Acqui Storia , 2005 yil
  • Premio Luigi Barzini , 2005 yil
  • 2006 yilgi Saint Vincent mukofoti
  • Premio Hemingway (2019) [1]
  1. Rampini, Federico (12 June 2018). "While Trump Trashes US Allies, China Seizes the Future".The Nation. U.S. Retrieved20 November 2019.
  2. ^ "Book Presentation: "When Our History Begins" by Federico Rampini, Chief New York Correspondent for Italy's La Repubblica Newspaper".iicchicago.esteri.it (in Italian). Italy: Ministry of Foreign Affairs (Italy). Retrieved 20 November2019.
  3. ^ University, Harvard (20 November 2019). "Federico Rampini". Center for European Studies at Harvard University. Massachusetts, U.S.: Harvard University. Retrieved20 November 2019.
  4. ^ a b "Federico Rampini". Retrieved 24 August 2019.
  5. ^ a b "Federico Rampini Premio Hemingway 2019 per la sezione "Testimone del nostro tempo" | 35
  6. ^ Edizione del Premio Hemingway 19 / 23 GIUGNO 2019 – LIGNANO".www.premiohemingway.it. Retrieved 3 January 2020.
  7. ^ a b c Rampini, Federico (25 September 2002). "Federico Rampini Interview | Background".Conversations with History(Transcript of video). Interviewed by Harry Kreisler. Institute of International Studies, UC Berkeley. Retrieved 3 January2020.
  8. ^ Vandana Shiva Archived 10 September 2015 at the Wayback Machine, 26 agosto 2014; Repubblica, 3 ottobre 2014
  9. ^ Luca Mazzone Archived 20 August 2016 at the Wayback Machine, 3 ottobre 2014
  10. ^ "La grande firma di "Repubblica" contagiata dal virus del copia e incolla". 4 January 2016.
  11. ^ Libero Archived 8 February 2016 at the Wayback Machine, 12 febbraio 2015
  12. ^ Italia Oggi, 12 febbraio 2015
  1. 1,0 1,1 „Federico Rampini Premio Hemingway 2019 per la sezione "Testimone del nostro tempo" | 35^ Edizione del Premio Hemingway 19 / 23 GIUGNO 2019 – LIGNANO“. www.premiohemingway.it. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
  2. „Federico Rampini“. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.