Farux Ruzimatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farux Ruzimatov
Farux Ruzimatov
Tavalludi
Farux Sadullaevich Ruzimatov

1963-yil 26-iyun
Fuqaroligi Rus
Kasbi Balet artisti

Farux Sadullayevich Ruzimatov (ruscha: Фару́х Садулла́евич Рузима́тов, 1963-yil 26-iyunda tugʻilgan) — oʻzbek-rus balet artisti. Ro‘zimatov hozirgi kunda 2018-yildan buyon O‘zbekistonning Toshkent shahridagi Navoiy teatri qoshidagi balet teatrining badiiy rahbari bo‘lib ishlab kelmoqda[1]. U raqs bo'yicha o'ttiz yildan ortiq shug'ullanib, asosan Mariinskiy teatrida faoliyat olib borgan. Teatrda kompaniyaning bosh raqqosasi va badiiy rahbar yordamchisi bo'lgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻzimatov 1963-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

U 1973-yili Leningraddagi Vaganova akademiyasiga o'qishga kirib, u yerda Gennadiy Selyutskiy qo'l ostida tahsil olgan. 1981-yili o'qishni tamomlagandan so'ng, Kirov baletida raqsga tusha boshlaydi va 1986-yilda bosh raqqosa bo'lgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist (1995)
  • Rossiya xalq artisti (2000)
  • Tojikistonda xizmat koʻrsatgan artist (1988)
  • Oltinchi Varna xalqaro tanlovining kumush medali sovrindori (1983)
  • Parij raqs akademiyasining maxsus diplomi
  • Prix Benois de la Danse (1997)
  • Baltika mukofoti sovrindori (1998)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]