Shokir Farmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Farmonov Shokir Qosimovichdan yoʻnaltirildi)

Shokir Qosimovich Farmonov (1941.20.2, Dangʻara tumani) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Fizikamat, fanlari doktori (1973), professor (1977). Toshkent Davlat Universitetining mexanikamatematika fakultetini tugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida kichik, katta ilmiy xodim, soʻngra ehtimollar nazariyasi boʻlimi mudiri, bosh ilmiy xodim (1965— 88, 1996 2003). Oʻzbekiston milliy universiteti ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri (1988 96, 2004-yildan professor). Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti matematika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003 — 04). Ilmiy ishlari Markov zanjiri boʻyicha bogʻlangan tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun limit teoremalariga oid. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari boʻyicha turkum ishlarni bajargan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).