Farhod Musajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farhod Musajonov — adib, nosir, dramaturg va kinossenarist. U 1932-yili Toshkentda tavallud topgan. 1956-yilga kelib, Toshkent Davlat dorilfununining sharq fakultetini tugatadi. Respublika radiosi, televideniyesi hamda „Oʻzbekiston madaniyati“ ro‘znomasi, „Gʻuncha“ va „Sharq yulduzi“ oynomalarida faoliyatda bo‘ladi. Hozirgi kunda esa „Oʻzbekfilm“ studiyasida ishlaydi.

Hozirgacha uning hikoya va qissalardan iborat 30 ga yaqin to‘plami nashr etilgan. Shulardan 10 ga yaqini hikoyalar, to‘rtta qissasi mavjud. Farhod Musajonov dramaturg sifatida oltita pʼesa, beshta kinossenariy muallifi hamdir. Yana qanchadan-qancha hajviy hikoya, intermediya, bolalar uchun rang-barang janrda asarlar ham yaratgan.

Hikoyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oftobni quvalab“
  • „Bo‘sh kelma, Aliqulov!“
  • „Bir qultum buloq suvi“

Shuningdek, yaratilgan yuzdan ortiq hikoyalarining yarmidan ko‘pi hajviy asarlar sirasiga kiradi.

Qissalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Dushanba, nonushtadan so‘ng“ (1974)
  • „Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman“ (1977)
  • „Qilich va shamshir“
  • „Ko‘rgulik“

Dramalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oq kabutar“
  • „Najot istab“ (Hamza teatrida qo‘yilgan)
  • „Olifta“
  • „Xizmatingga hozirman“
  • „Talvasa“ (Muqimiy teatrida sahialashtirilgan)

Ssenariylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Jazirama oftob ostidagi uy“
  • „Birovning boshi“
  • „Minoralar ostidagi sirk“
  • „Ko‘zlarim yo‘lingda“
  • „Huvaydo“ (Ikki seriyali)

Farhod Jumaniyozning „Hamlet“ (1984), „Bog‘ ko‘cha“ (1987) kabi qissa va hikoyalardan iborat to‘plamlari „Tekin tomosha“ (1989) kabi bolalar uchun hikoyalar majmuasi hamda „Glotok rodnikovoy vodi“ (1987, rus tilida) singari kitoblari chop etildi.

Isteʼdodli va sermahsul hikoyanavis, qissanavis bo‘lishi bilan birga, hajviy janr ustasi, bolalar adibi, dramaturg, kinossenarist va kinopublitsist sifatida kitobxon va tomoshabinga yaqindir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993