Farer orollari Premier-ligasi
| Davlat | Farer orollari |
|---|---|
| Konfederatsiya | UEFA |
| Futbol tizimidagi darajasi | 1-darajali |
| Tashkil etilgan | 1985-yil |
| Jamoalar soni | 6 |
| Ichki kuboklar | Farer orollari Ayollar Kubogi |
| Xalqaro musobaqalar | UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi |
| Amaldagi chempion | Klaksvíkar Ítróttarfelag (21-marta) |
| Eng koʻp marta chempion | Klaksvíkar Ítróttarfelag (21 marta) |
| Joriy mavsum: 2022-yilgi mavsum Farer orollari Premier-ligasi | |
Farer orollari Premier-ligasi (shuningdek, homiylik sabab Betri Deildin kvinnur nomi bilan ham tanilgan[1]) Farer orollarining ayollar futboli ligasining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Farer orollari Premier-ligasi 2018-yilgacha 1. deild kvinnur deb atalgan (oʻshanda Farer ayollar futbolidagi eng yuqori pogʻona birinchi marta homiy nomi bilan atalgan). Farer orollari Premier-ligasiga yangi homiylik nomi Betri Deildin kvinnur boʻldi va bu nom 2018-yildan 2022-yilgi mavsum oxirigacha besh yillik shartnoma asosida Farer orollari Premier-ligasining brend nomi boʻladi[2].
Farer orollari Premier-ligasi Farer orollari futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Farer orollari Premier-ligasi gʻolib jamoalari UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma oladi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Farer orollari Premier-ligasi birinchi marta 1985-yilda oʻtkazilgan. Dastlabki yillarda va 1990-yillar davomida Farer orollari Premier-ligasida Torshavn shahri jamoalari ustunlik qilgan, HB jamoasi yetti marta va B36 jamoasi esa toʻrt marta gʻalaba qozongan.
KÍ jamoasining ustunlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]KÍ jamosi 2000-yildan buyon Farer orollari Premier-ligasida ustunlik qilib, ketma-ket oʻn yetti marta gʻalaba qozondi[3]. BU bilan jamoa ketma-ket chempion boʻlish boʻyicha yangi jahon rekordini oʻrnatdi[4].
Ustunlik shu qadar katta ediki, 2005-yilda ketma-ket oltinchi mavsum ligada gʻalaba qozonganidan soʻng bergan intervyusida KÍ jamoasi yarim himoyachisi Malena Jozephsen shunday dedi: "Biz maydonga tushganimizda, oʻyinda gʻalaba qozonishimizni bilamiz, yagona savol bu: qanday hisob bilan yutamiz. Biz bu ligada oʻynab, yaxshilanmayapmi"[5].
Yangi chempion va homiylik shartnomasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ketma-ket toʻrt marta ikkinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, EB/Streymur/Skala jamoasi 2017-yilda KÍ jamoasining 17 yillik gʻalabali seriyasini tugatdi[6] va bu bilan UEFA ayollar chempionlar ligasida Farer orollari vakili boʻlgan ikkinchi klubga aylandi[7].
2018-yilgi mavsum uchun Farer orollari Premier-ligasi oʻzining birinchi homiylik shartnomasini qoʻlga kiritdi. FSF (Farer orollari futbol assotsiatsiyasi) bosh qarorgohida Torshavnda joylashgan sugʻurta kompaniyasi Betri Farer orollarida erkaklar va ayollar ligalariga homiylik qilishini eʼlon qildi[8][9].
Formati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda ligada oltita jamoa ishtirok etdi va jami 20 tur davomida oʻzaro toʻrt marta oʻynadi. Ikkinchi divizion mavjud, ammo ikki divizion oʻrtasida koʻtarilish va pastga tushish tizimi hozircha yoʻq[10].
Hozirgi jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilda Farer orollari Premier-ligasida 2018-yildagi kabi oltita jamoa kurash olib boradi (oʻtgan mavsumdagi beshta jamoadan bir jamoa koʻproq), chunki Runavikning NSÍ klubining ayollar jamoasi Farer orollari Premier-ligasiga qoʻshildi[11].
| Jamoa | Joylashgan shahar | Uy stadion |
|---|---|---|
| B36 Torshavn | Torshavn | Gundadalur |
| EB/Streymur/Skála | Streymnes | Við Margáir |
| Havnar Bóltfelag | Torshavn | Gundadalur |
| ÍF/Víkingur/B68 | Norðragøta | Sarpugerði |
| Klaksvikar Ítróttarfelag | Klaksvik | Við Djupumirar |
| NSÍ | Runavik | Við Løkin |
Mavsumlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]


| Mavsum | Chempion[12] | Ikkinchi oʻrin | Eng yaxshi toʻpurar (jamoasi)[13] | Gollar soni |
|---|---|---|---|---|
| 1985 | B36 | HB | aniqlanmagan | |
| 1986 | HB | GÍ | ||
| 1987 | B36 (2) | HB | ||
| 1988 | HB (2) | B36 | ||
| 1989 | HB (3) | ÍF | Hildur Rasmussen (B36) | 16 |
| 1990 | Skála | HB | Malan Klakkstein (KÍ) | 19 |
| 1991 | ÍF | KÍ | Kristina Eyðbjørnsdóttir (ÍF) | 18 |
| 1992 | Skála (2) | KÍ | Malan Klakkstein (KÍ) | 18 |
| 1993 | HB (4) | VB | Helga Ellingsgaard (HB) | 11 |
| 1994 | HB (5) | B36 | Helga Ellingsgaard (HB) | 15 |
| 1995 | HB (6) | B36 | Sigrun Mikkelsen (HB) | 30 |
| 1996 | B36 (3) | KÍ | Signhild Petersen (Skála) Sigrun Mikkelsen (HB) Sonja Steinhólm (LÍF) |
11 |
| 1997 | KÍ | HB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 28 |
| 1998 | B36 (4) | HB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 20 |
| 1999 | HB (7) | KÍ | Eyðfríð Kristiansen (HB) Rakul Joensen (B36) |
12 |
| 2000 | KÍ (2) | VB | Halltóra Joensen (VB) | 26 |
| 2001 | KÍ (3) | B36 | Kristina Eyðbjørnsdóttir (HB) | 17 |
| 2002 | KÍ (4) | B36 | Rannvá Andreasen (KÍ) | 36 |
| 2003 | KÍ (5) | B68 | Rannvá Andreasen (KÍ) | 46 |
| 2004 | KÍ (6) | B36 | Rannvá Andreasen (KÍ) | 30 |
| 2005 | KÍ (7) | B36 | Malena Josephsen (KÍ) | 27 |
| 2006 | KÍ (8) | GÍ | Rannvá Andreasen (KÍ) Hanna Højgaard (GÍ) |
28 |
| 2007 | KÍ (9) | B36 | Malena Josephsen (KÍ) | 17 |
| 2008 | KÍ (10) | AB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 27 |
| 2009 | KÍ (11) | AB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 28 |
| 2010 | KÍ (12) | AB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 27 |
| 2011 | KÍ (13) | AB | Rannvá Andreasen (KÍ) | 29 |
| 2012 | KÍ (14) | B36 | Rannvá Andreasen (KÍ) | 31 |
| 2013 | KÍ (15) | EB/Streymur/Skála | Heidi Sevdal (HB) | 29 |
| 2014 | KÍ (16) | EB/Streymur/Skála | Rannvá Andreasen (KÍ) Heidi Sevdal (HB) |
29 |
| 2015 | KÍ (17) | EB/Streymur/Skála | Heidi Sevdal (HB) Maria Thomsen (KÍ) |
22 |
| 2016 | KÍ (18) | EB/Streymur/Skála | Milja Simonsen (HB) | 25 |
| 2017 | EB/Streymur/Skála | KÍ | Heidi Sevdal (EBS/Skála) | 33 |
| 2018 | EB/Streymur/Skála (2) | HB | Heidi Sevdal (HB) | 23 |
| 2019 | KÍ (19) | HB | Heidi Sevdal (HB) | 25 |
| 2020 | KÍ (20) | NSÍ | Evy á Lakjuni (KÍ) | 17 |
| 2021 | KÍ (21) | NSÍ | Heidi Sevdal (NSÍ) | 33 |
Chempion jamoalar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Klub | Hoylashgan shahar | Chempionlik | Ikkinchi o‘rin |
|---|---|---|---|
| KÍ | Klaksvik | 21 | 4 |
| HB | Torshavn | 7 | 7 |
| B36 | Torshavn | 4 | 10 |
| EB/Streymur/Skála | Skala/Streymnes | 2 | 4 |
| Skala | Skala | 2 | 0 |
| ÍF | Fuglafjordur | 1 | 1 |
| AB | Argir | 0 | 4 |
| GÍ | Norðragøta | 0 | 2 |
| VB | Vágur | 0 | 2 |
| NSÍ | Runavik | 0 | 2 |
| B68 | Toftir | 0 | 1 |
Qalin yozilgan klublar hozirda ham da oʻynashmoqda.
Kursivdagi klublar boshqa klub bilan qoʻshib yuborilgan yoki ayollar futbolida hozirda mavjud emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (fo). FSF (2017-yil 15-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
- ↑ „Fremsta fótbóldsdeildin eitur nú Betri deildin hjá kvinnum og monnum“. Betri (2020-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
- ↑ „KÍ flúgvandi og 17. árið á rað føroyameistarar“ (fo). Norðoya Portalurin (2016-yil 11-oktyabr). 2022-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-iyul.
- ↑ „KÍ føroyameistari og evropeiskt met“ (fo). KVF (2013-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „Interview: Malena Josephsen (KI Klaksvik)“. Soccerway (2005-yil 24-sentyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „EBS/Skála koppaði KÍ“. in.fo (2017-yil 7-oktyabr). 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
- ↑ „Women's Champions League entries confirmed“. UEFA (2018-yil 8-iyun). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (fo). FSF (2017-yil 15-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.„Betri og FSF gjørt stuðulsavtalu“ (in Faroese). FSF. 15 December 2017. Archived from the original on 22 December 2017. Retrieved 20 December 2017.
- ↑ „Nova era: FSF assina com novo patrocinador e muda nome das ligas masculina e feminina“ (pt). Faroe Football (2017-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ „Women's football in the Faroe Islands“. FSF. 2019-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.
- ↑ Ósá. „NSÍ-kvinnur fingið tríggjar leikarar afturat“. bolt.fo (2019-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Kvinnur - FM og steypavinnarar“. Faroe Soccer.
- ↑ „Betri Deildin kvinnur (choose "Mál", which means goal, and the year)“ (fo). Faroe Soccer.