Kontent qismiga oʻtish

Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer tajovuzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer tajovuzi
Fantastic Four:
Rise of the Silver Surfer

Film posteri
Rejissyor(lar) Tim Story
Prodyuser(lar)
  • Avi Arad
  • Bernd Eichinger
  • Ralph Winter
Ssenariynavis(lar)
  • Don Payne
  • Mark Frost
Hikoya
  • John Turman
  • Mark Frost
Qaysi asarga
asoslangan
Fantastic Four
Stan Lee, Jack Kirby
Rollarda
Bastakor(lar) John Ottman
Kinematografiya Larry Blanford
Muharrir(lar)
  • William Hoy
  • Peter S. Elliot
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 92 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $120-130 million[1][2]
Daromadi $301,9 million[1]
Avvalgi film Fantastik toʻrtlik

Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer tajovuzi (inglizcha: Fantastic Four: Rise of the Silver Surfer) 2007-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, film gʻoyasi Marvel Comics nashriyoti tomonidan tushirilgan shu nomli qahramonlar jamoasiga asoslangandir. 2005-yilda ishlangan Fantastik toʻrtlik filmining mantiqiy davomi. Film rejissori — Tim Story. Marvel Entertainment, 1492 Pictures, Constantin Film, Ingenious Film Partners va Dune Entertainment studiyalari tomonidan ishlangan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Bosh rollarda, Ioan Gruffudd, Jessica Alba, Chris Evans va Michael Chiklis. Ikkinchi darajali rollarda, Julian McMahon, Kerry Washington, Andre Braugher, Beau Garrett, Doug Jones va Laurence Fishburne.

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Reed (Ioan Gruffudd), Susan (Jessica Alba), Johnny (Chris Evans) va Ben (Michael Chiklis) Yer sayyorasini halokatga tayyorlash uchun kelgan galaktikalararo messenjerga duch kelishadi. Jumboqli messenjer butun dunyo boʻylab tartibsizliklarga sabab boʻlgan bir paytda, qahramon toʻrtlik azaliy dushmani boʻlmish Victor Von Doom bilan ham kurashishlari lozim.

Aktyor Tasvir Personaj Rol
Ioan Gruffudd Dr. Reed Richards / Mister Fantastic fizika doktori
Jessica Alba Sue Storm / Koʻrinmas ayol genetik
Chris Evans Johnny Storm / Olov-odam Suening akasi
Michael Chiklis Ben Grimm / Tosh-odam Reedning doʻsti
Julian McMahon Dr. Victor von Doom / Doktor Doom Reedning doʻsti
Doug Jones Norrin Radd / Kumush syorfer
Laurence Fishburne Kumush syorferga ovoz bergan
Kerry Washington Alicia Masters Benning yoqtirgan qizi
Andre Braugher Hager general
Vanessa Minnillo Johnnyning doʻsti
Stan Lee kameo