Kontent qismiga oʻtish

Faktura (maʼnolari)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Faktura (lot. factura) – ishlov berish, tuzilish, hisob varaqa

  1. Faktura (iqtisodiyot) – xaridor nomiga sotuvchi tomonidan beriladigan va sotilgan tovarning xili, miqdori va qiymati koʻrsatilgan tovar hujjati;
  2. Oʻzbekiston respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq uni taqdim etish majburiyatiga ega boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan rasmiylashtiriladigan qatʼiy belgilangan namunadagi (formatdagi), tovarlar haqiqatda joʻnatilganligini yoki xizmatlar koʻrsatilganligini va ularning qiymatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
  3. Faktura (tasviriy sanʼat) – badiiy asar sirti hamda uning ishlanish xususiyatlari. Rangtasvirda F. boʻyoq qatlamining xususiyatlarini: mas, „ochiq“ F. (kengkeng boʻyoq surtish, boʻyoqning notekis qatlami) yoki „yashirin“ F.; haykaltaroshlik (haykal, relyef va boshqalar) va amaliy bezak sanʼatida badiiy hunarmandchilik asari sirtining sayqallanganligi, gʻadir-budurligi va hokazo ni ifodalaydi. XX asr sanʼatida fakturani murakkablashtirish (kollaj, boʻyoq qatlamiga qipiq, qum qoʻshish) boʻyicha tajribalar tarqaldi;
  4. Faktura (musiqa) – muayyan asarni tashkil qiluvchi bayon vositalari (tembr, registr holati, ovozlar oʻzaro nisbatlari va boshqalar) majmui.
Faktura (maʼnolari) soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.