Fadeyev Aleksandr Aleksandrovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fadeyev Aleksandr Aleksandrovich [1901.11(24). 12, hozirgi Kalinin viloyati Kimri sh. — 1956.13.5, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 1908 y. F.lar oilasi Uzoq Sharqqa koʻchib kelgan. F. shu yerda tijorat bilim yurtida oʻqigan (1912—19) va bolsheviklarga yaqinlashib, inqilobiy faoliyat bilan shugʻullangan. Moskvadagi Togʻkon akademiyasida 2 y. tahsil olgach, partiyaviy ishlarda xizmat qilgan (1924—26). SSSR Yozuvchilar boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan (1926—56). Butunjahon Tinchlik kengashi vitseprezidenti (1950—56).

Ijodi 1923 y.da boshlangan ("Oqimga qarshi". hikoya). Uzoq Sharkdagi partizanlar urushiga bagʻishlangan "Tormor" romani (1927)da yovvoyi tayga sharoitida kurashayotgan kishilarning mashaqqatli hayoti tayevirlangan. F. ushbu romani bilan hali shakllanib ulgurmagan sotsialistik realizm metodining asosiy tamoyillarini belgilab bergan.

F. 30-y.larda sovet yozuvchilarining 1sʼyezdini oʻtkazish va SSSR Yozuvchilar uyushmasini tashkil etishga katta kuch sarflagan. Ayni vaqtda 6 qismdan iborat "Udegening soʻnggisi" romani (1929—40, 4 qismi yozib tugatilgan) ustida jiddiy ish olib borgan.

F. 2-jahon urushi yillari (1943) da Krasnodon sh.dagi yashirin tashkilot aʼzolarining nemis bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashiga oid hujjat va xotiralar bilan tanishib, "Yosh gvardiya" romanini (1945) yozgan. Tanqidchilik F.ni partiyaning yashirin tashkilot faoliyatidagi rolini romanda toʻgʻri aks ettirmaganlikda ayblagan va yozuvchi asarni qayta ishlashga majbur boʻlgan (1957). F. adabiytanqidiy maqolalari bilan ham sotsialistik realizm metodi asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan. U butun umri davomida Stalin va partiya ishiga sodiq qolgan. Shaxsga sigʻinishning fosh etilishi bilan yuzaga chiqqan fojiali voqealar tufayli F. oʻzinioʻzi otib oʻldirgan. Asosiy asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir]

  • Sochineniya, t. 13, M, 1981-82; O literature. Sbornik statey, M., 1970; Tormor, T., 1971; Yosh gvardiya, T., 1982.