Kontent qismiga oʻtish

Fabijan Krslovic

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fabijan Krslovic

Krslovich 2019-yil
№. 20 – Tasmaniya JakJumpers
Pozitsiyasi Hujumchi
Liga NBL
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 23-iyun 1995-yil (1995-06-23) (29 yosh)
Sidney, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Boʻyi 203 cm (6 ft 8 in)
Vazni 106 kg (234 lb)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
Kollej Montana (2014—2018)
MBA drafti 2018 / Tanlanmagan
Oʻyindagi faoliyati 2014-yildan—hozirgacha
Faoliyatidagi yorqin voqealar va mukofotlar

Fabijan Krslovic (1995-yil 23-iyunda tugʻilgan) Milliy basketbol Ligasi Tasmaniya JakJumpers jamoasi sharafini himoya qilgan. Avstraliyalik professional basketbolchi. U basketbolga oid ilk saboqlarni Montana universitetida olgan.

Ilk faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktabda boʻlganida, Krslovic Sent-Aloysius kollejining asosiy o'yinchisi boʻlgan. Bu kollejda u kichik va katta yoshdagilar oʻrtasida MVP sovrinini qoʻlga kiritgan[1].

Krslovich Montana Grizzlies basketbol jamoasiga 2014-yilda Montana universitetida oʻqiyotganda vaqtida qoʻshilgan. Birinchi kursda oʻqishiga qaramasdan u jamoaning oʻyniga oʻzgartirish kiritaolgan. Oʻzining birinchi mavsumida u toʻpni olib qoʻyish boʻyicha jamoada ikkinchi boʻlgan. Birinchi mavsumidayoq Krslovic Big Sky konferensiyasida 19-oʻrinni egallagan. Shuningdek, u jamoaning barcha 33 oʻyinida maydonga tushgan shulardan 26 tasida asosiy tarkibda boʻlgan[1].

Kollejdagi faoliyatining qolgan qismida Krslovich muntazam ravishda statistik reytinglarda faqat oʻsishga erishgan. Shuningdek, u kollejda oʻqigan vaqtlarida jamoa oʻynagan barcha 132 oʻyinda oʻynagan va jami 116 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. U, shuningdek, kollejdagi soʻnggi yillarida ketma-ket uch yil davomida Big Sky Akademik Butun Konferensiya jamoasi tarkibidan joy olgan[1].

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cairns Taipans (2018—2021)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejdagi faoliyatidan soʻng Krslovic Avstraliyaga qaytib kelgan va Keyrns basketbol dasturiga qoʻshilgan. U dastlab Kvinslend Basketbol Ligasi (QBL) ning Cairns Marlins jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan bir mavsum oʻynagandan soʻng, Krslovic Marlinsning shoʻba klubiga , Milliy Basketbol Ligasining (NBL) Keyns Taipans jamoasiga 2018—2019-yilgi mavsumda oʻynash uchun kelib qoʻshilgan[2].

Krslovic oʻsha NBL mavsumida beshta oʻyin oʻtkazgan va Marlin jamoasi bilan yana bir mavsumga shartnoma imzolagan. 2019-yil 13-iyun kuni Krslovic Cairns Taipans jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[2]. Taipans jamoasida 28 ta oʻyinda maydonga tushgan. U 27 daqiqada 83 ta toʻpni olib qoʻyish, 72 ta golli uzatma, 9 ta bloklari bilan, 16 ochkoni qoʻlga kiritgan[3].

2020-yil 7-iyulda taypanliklar Krslovicning shartnomasi boʻyicha klub variantini qabul qilishdi va uni NBL 2020—2021-yilgi mavsumida klubda saqlab qolishgan[4].

Tasmania JackJumpers (2021-yildan hozirgi kungacha)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 14-iyulda Krslovic Tasmania JakJumpers jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[5].

2023-yilning 14-martida Krslovic JakJumpers bilan yana ikki yillik shartnoma imzolagan[6].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Krslovic FIBA U17 Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan basketbol jamoasida oʻynagan. Keyingi yili u 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida Avstraliya sharafini himoya qilgan, ammo Pragadagi jahon chempionatida ishtirok eta olmagan[1].

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]