FAY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FAY ("qaytarish") - musulmonlar g‘ayridinlardan tinch yo‘l bilan oladigan barcha narsalar: soliqlarning barcha turi va baytulmol. Qur’onda aytilishicha, "ma afa’a Allohu ala rasulihi minhum" (Alloh ulardan O’zining rasuliga qaytargan narsa", 59:6), ya’ni, jangsiz qo‘lga tushirilgan o‘lja ("uning uchun jangga na otlarni, na tuyalarni solganlar") Muhammad (sav)ga in’om etiladi (nomunosib egalaridan qaytarilgan) va u zot undan o‘z xohishlaricha egalik qilishlari mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004