Evglenasimon suvoʻtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Evglenasimon suvo`tlardan yoʻnaltirildi)

Evglenasimon suvoʻtlar — suvoʻtlar boʻlimi. Bir hujayrali, mikroskopik (uz. 4 mkm dan 800 mkm gacha), harakatchan. Baʼzan yopishib va koloniya boʻlib yashaydi. Haqiqiy qobigʻi boʻlmaydi, ektoplazmaning tashqi qavati — periplast himoya vazifasini bajaradi. Hujayrasining botib kirgan uchki qismi (halqum)dan 1—2 ta xivchin chiqadi. Koʻzchasi va qisqaruvchi vakuoli bor. Xloroplastlarida a va r xlorofill boʻladi. Osmotrof va fagotrof oziqlanadigan turlari bor. Shuning uchun zoologlar Evglenasimon suvoʻtlarni hayvonlarga kiritishadi. Zaxira ozigʻi — paramilon. Boʻlinib koʻpayadi. Ayrim turlari noqulay sharoitda sista hosil qiladi. 1—4 qabilaga mansub 40 turkumi va 900 turi maʼlum; shundan 250 turi rangsiz. Chuchuk suvlar, uncha katta boʻlmagan evtrof suv havzalarida yashaydi. Ayrimlari suv tozaligi indikatorlari. Koʻpchilik Evglenasimon suvoʻtlar suv havzalarining oʻz-oʻzidan tozalanishida ishtirok etadi. Evglenalar turkumi lab. tadqiqotlari obʼyekti. Evglenasimon suvoʻtlar suvoʻtlar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligi taxmin qilanadi.