Evelyn Sharma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Evelyn Sharma
Tavalludi
Evelyn Lakshmi Sharma

12-iyul 1986-yil (1986-07-12) (37 yosh)
Frankfurt, Germaniya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2004-2019
Turmush oʻrtogʻi
Dr Tushaan Bhindi (turm. 2021)
Bolalari 1 nafar

Evelyn Lakshmi Sharma[1](talaffuzi: Evelin Lakshmi Sharma; 1986-yil 12-iyulda tugʻilgan)[2] — nemis modeli va aktrisasi, asosan hind tilidagi filmlarida suratga tushadi. Sharma filmdagi debyutini 2006-yilda Amerikaning Turn left filmi bilan nishonlagan. Aktrisa oʻzining Bollywooddagi debyutini 2012-yilda From Sidney with Love filmida qilgan va Ayan Mukerjeening Yeh Jawaani Hai Deewani filmida muvaffaqiyat qozongan.[3]

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evelyn Lakshmi Sharma — model va aktrisa boʻlib, u Frankfurt, Gessen, Gʻarbiy Germaniyada tugʻilib oʻsgan.[4][5] Uning otasi panjoblik hind onasi esa, nemis millatiga mansub.[6][7] Sharma Germaniya fuqaroligiga ega.[8] 2019-yil oktyabr oyida Sharma hind-avstraliyalik stomatolog va tadbirkor Tushaan Bhindi bilan unashtirilgan.[9] 2021-yil 15-mayda u Avstraliyaning Brisben shahrida Bhindiga turmushga chiqqan.[10] Noyabr oyida ularning birinchi qiz farzandi dunyoga kelgan.[11]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evelyn Sharma oʻzining aktrisalik faoliyatini 2006-yilda amerikalik Turn Left filmidagi roli bilan boshlagan.[12] 2012-yilda u Bollywooddagi debyutida From Sidney with Love filmida Lubaina Snayder rolini ijro etgan. Keyingi yili u Yeh Jawaani Hai Deewani filmida suratga tushgan va uning ijrosi Nautanki Saala va Issaqda maqtoviga sazovor boʻlgan.[13] 2014-yilda u Yaariyan qoʻshigʻida Janet D’sousa rolini ijro etgan.[14] 2014-yil avgust oyida Sharma Bruklin Shanti tomonidan ishlab chiqarilgan Something Beautiful nomli birinchi musiqiy singlini chiqargan. U shuningdek, Life Mein Ek Baar nomli oʻzining sayyohlik koʻrsatuviga boshlovchilik qilgan.[15] 2015-yil may oyida u Devang Dholakia-ning Kuch Kuch Locha Hai filmida Navdeep Chabbra, Sunny Leone va Ram Kapoor bilan birga paydo boʻlgan va film 2015-yil 8-mayda chiqqan. U 2015-yil 29-mayda chop etilgan Ishqedarriyaan filmida ham suratga tushgan.[16] U 2019-yilda Saaxo va Kissebaazda paydo boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan Evelyn jami 15 ta filmda suratga tushgan.[17]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Til
2006 Turn Left Snobby Ingliz
2012 From Sydney with Love Lubaina Snyder Hind
2013 Nautanki Saala[18] Sita Devi Hind
Yeh Jawaani Hai Deewani Lara Hind
Issaq Rosaline Hind
2014 Yaariyan Janet D’Souza Hind
Main Tera Hero Veronica Hind
2015 Kuch Kuch Locha Hai Naina Hind
Ishqedarriyaan Luvleen Hind
Gaddar: The Traitor Panjob
2017 Anni Pa De Panjob
Hindi Medium Hind
Jab Harry Met Sejal Irina Hind
Party Non Stop Hind/Ingliz
2018 Jack and Dil Lara Hind
Bhaiaji Superhit Stephanie Hind
2019 Kissebaaz Bindass Babli Hind
Saaho Jennifer Telugu/Hind
X Ray: The Inner Image Oʻzi Hind

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Maharshi. „Evelyn Sharma On Her 'Mixed Identity' & Saying No To Degrading Roles Written For 'Foreign Girls'“. Indian Women Blog (9-iyul 2019-yil). 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2020-yil.
  2. „Evelyn Sharma - Actresses“. Koimoi. 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  3. „Ranbir to romance Evelyn in YJHD | Hindi Movies News“. BollywoodHungama.com (27-aprel 2012-yil). Qaraldi: 1-aprel 2013-yil.
  4. George, Liza. „Evelyn Sharma, a small town girl“. The Hindu (3-iyun 2015-yil). 3-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  5. „Evelyn Sharma celebrates her birthday“. 2015-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  6. „Hindi now is not a problem to me anymore: Evelyn Sharma“. The Times of India. 18-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  7. „Evelyn Sharma: Someone beautiful will always be seen as eye-candy“. The Times of India. 15-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  8. „They are your favourite Indian actors, but are they Indian at all?“ (en-IN). Yahoo!. 22-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2017-yil.
  9. „Evelyn Sharma gets engaged: 'It was a dream come true, his proposal was perfect'. See pic“ (inglizcha). Hindustan Times (8-oktabr 2019-yil). 30-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2020-yil.
  10. „EXCLUSIVE! Evelyn Sharma weds beau Dr Tushaan Bhindi in Brisbane“ (inglizcha). The Times of India (7-iyun 2021-yil). Qaraldi: 7-iyun 2021-yil.
  11. „Evelyn Sharma welcomes daughter Ava Rania Bhindi, shares first photo“ (inglizcha). The Indian Express (20-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2021-yil.
  12. „An Evelyn Sharma to remember : Celebrities, News - India Today“. Indiatoday.intoday.in (23-noyabr 2013-yil). 25-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  13. „Evelyn's the flavour this year“. The Times of India (3-iyul 2013-yil). 12-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
  14. „Watch Evelyn Sharma Doing Sunny Sunny in Bikini“. 24x7 Bulletin (16-dekabr 2013-yil). 12-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2013-yil.
  15. „Evelyn Sharma all set to produce her own reality show“. news.biharprabha.com. IANS (12-oktabr 2014-yil). 21-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2014-yil.
  16. „Evelyn in Ishqedariyan“. The Times of India. 7-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2015-yil.
  17. „Evelyn Sharma On Being Popular As The 'Sunny Sunny' Girl: "I Will Love That Song Forever..."“ (inglizcha). Koimoi (27-may 2020-yil). Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  18. „Evelyn Sharma finds her dream home in Bandra - Times of India“. 8-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-dekabr 2016-yil.