Kontent qismiga oʻtish

Ester Lich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ester Lich (1809-noyabr 1843)-ingliz aktrisasi va kolonial Hindistonda faol teatr rejissyori.U Hindiston teatr tarixida muhim shaxs bo'lib, Kolkuta shahridagi birinchi professional ingliz teatrlaridan biri bo'lgan Sans Souci teatrini (1839-49) tashkil etdi va boshqardi.Óz davrida Kalkuta sahnasining etakchi xonandasi sifatida tan olingan[1].U hindistonlik Sara Sidons deb ataladi[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ester Lich-Meyrutda joylashgan "Flatman" ismli britaniyalik askarning qizi bólgan.U harbiy xizmatchi bo'lmagan John Leach bilan turmush quradi va "Mrs. Anderson" ismli aktyorining onasi bo'ladi.

Ester Lich Berhampurda regiment pedagog qól ostida o'qigan.U armiya uchun berilgan havaskor teatr namoyishlarida rol ijro etdi va o'z namoyishlari uchun katta e'tibor va mashhurlikga erishdi. Xizmatchilar esa unga Shekspirning asarlarini sovǵa qilishdi. U Hindistondagi birinchi professional aktrisa bo'lgan deb aytish mumkin.

U Kalkutta teatrida va Dum Dum teatrida faol bólgan va 1822-yilda Dum Dum teatrining boshqaruvchi direktori lavozimiga saylangan. 1825 va 1838-yillar o'rtasida u Chowringhee teatri bosh xonimi va yulduzi darajasiga yetgan[3]. Chowringhee teatrida uning karyerasi teatrning oltin davri bilan bir qatorda o'tdi va uning muvaffaqiyati qisman unga bog'liq. U 1838-yilda Hindistondan Angliyaga jo'nab ketdi.

1839-yilda qaytib kelganida u Chowringhee teatri vayron bo'lganidan keyin Sans Souci teatriga asos solgan.U teatrni san'at ustasi Stocqueler va Kalkutta elitining ko'magida tashkil etdi, ular Chowringhee teatrini o'rnini bosadigan teatrga ehtiyoj sezdilar. Bu 400 kishi siǵadigan joy, chiroyli teatr sifatida tasvirlangan. U o'z teatrida sezilarli darajada muvaffaqiyatli bo'lib, Kolkutadagi ingliz va hind tinglovchilarini ham jalb qildi.

1843-yil 2-noyabr kuni uning kiyimlari Sans Souci-da namoyish paytida yong'inga tushib qoldi. Uypnǵin paytida juda kuchli jarohat oldi va bir necha kundan keyin vafot etdi. O'lim to'shagida u teatrga egalik qilish huquqini hamkasbi Nina Baxterga o'tkazdi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shaw, Dennis. "Esther Leach, The Mrs. Siddons of Bengal"‘, Educational Theatre Journal, X, 304-310
  2. Shaw, Dennis. "Esther Leach, The Mrs. Siddons of Bengal"‘, Educational Theatre Journal, X, 304-310
  3. P. Guha-Thakurta, Bengali Drama: Its Origin and Development