Kontent qismiga oʻtish

Eski shahar (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eski shahar
Mamlakat O'zbekiston
Tarkibida Beshyog'och, Ko'kcha, Sebzor, Shayxontohur
Maʼmuriy markazi Eskijo'va bozori
Asos solingan sanasi 1865-yil
Rasmiy tili o'zbek
Aholi 146 ming (1910-yil)
Maydoni 1,5 ming gektar (19-asr) km²
Xaritada

Eski shahar (Toshkent) — Toshkent shimoli-gʻarbida joylashgan tarixiy joy boʻlib,1865-yilgacha chor Rossiyasi hududida boʻlgan.Eski shahar nomi Toshkentda Yangi shahar vujudga kela boshlagandan keyin ishlatiladigan boʻldi.

Eski shahar hudud jihatdan shimoldan Kaykovus kanali, sharqdan Anhor kanali, gʻarbdan Koʻkcha kanali, janubdan Zax kanallari bilan chegaralangan. Eski shaharning shakllanishi IX asrga oid davrlarga toʻgʻri keladi.X asr shaharsozligida ark, shahriston (ichki shahar), ichki va tashqi rabod ajralib turgan. Shahar baland devorli bir necha darvozalar bilan oʻralgan boʻlgan. Darvozalar soni va nomlari vaqt davomida oʻzgarib yoki yangilanib borgan. Har bir darvozada bir juftdan temir halqasi va kalit boʻlgan. Har bir darvozadan shahar markazi, yaʼni Eskixoʻja bozori tomonga yoʻllar ketgan. XV asr 2-yarmi va XVI asr 1-yarmida yirik binolar bunyod etilgan.IXX asr oxirlarida Eski shahar hududi 1,5 ming gektarga yetgan, ayni shu vaqtda Toshkent Turkistonda eng yirik shaharga aylangan edi.Maʼmuriy jihatdan Eski shahar — Beshyogʻoch, Koʻkcha, Sebzor, Shayxontohurga boʻlingan. Har bir daha uchun alohida hokimlar boʻlgan.

Toshkent Qoʻqon xonligiga qarashli boʻlgan davrlarda shaharni beklarbegi boshqargan. 1867-yil Turkiston general-gubernatorligi Eski shaharni rus maʼmuriyati shaharning nufuzli kishilari orqali va ularning yordamida boshqara boshladi. Eski shahar hududi IXX asr oxiridan boshlab asta-sekin kengayib bordi. Shahar devorlari shahar hududi ichida qolib keta boshlagach vaqtlar oʻtib buzib tashlana boshlangan. Qurilish ishlarida pishgan gʻishtdan foydalana boshlangan. Yevropa meʼmorligi uslubida yangi savdo binolari qad koʻtara boshladi. Eski shahar bozori atrofida sanoatchilar va mahalliy boylarning savdo korxonalari tashkil topgan edi. Madaniyat-maʼrifat muassasalari ham tashkil etila boshlandi. Xadra mahallasida 1883-yilga kelib Toshkentda birinchi ayollar va bolalar ambulatoriyasi ochildi. Shahar dumasi shu yilda Eski shaharning 17 ta koʻchalariga nom berdi: ushbu koʻchalar Shayxontohur, Taxtapul, Chigʻatoy boshqa nomlari bilan nomlandi. Koʻchalarga kerosinli fonus va is chiroqlardan 100 ga yaqini oʻrnatildi. 1884-yilga kelib Shayxontohurda rus-tuzem maktabi ochildi va ushbu maktab nafaqat Toshkentda, balki butun oʻlkada birinchi shunday maktab boʻldi. Eski shaharda 1910-yilga kelib 146 ming aholi istiqomat qiladigan 21 ming turar joy bor edi. Eski shahar 1917-yildan boshlab Yangi shahar bilan birgalikda rasmiy ravishda maʼmuriy birlik deb hisoblana boshlandi. 1929-yilga kelib Yangi shahar va Eski shahar birlashtirildi. 1930-yil Toshkent Oʻzbekiston poytaxti boʻlgach, butun shahar miqyosida yangi maʼmuriy birlik sifatida qabul qilindi.[1]

  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Maqola nomi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. sahifa.