Kontent qismiga oʻtish

Eski Grodno qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Belarusiyaning Grodno shahridagi Batori qal’asi.

Eski Grodno qal’asi (belaruscha: Стары замак) Belorussiyaning Grodno shahridagi Grodno Eski qal’asi va Batori qal’asi nomi bilan tanilgan qadimiy qasr. XXI asrda Kievlik Yaroslav mudriyning kenja oʻgʻlidan boʻlgan hukmdorlar sulolasining qarorgohi sifatida qurilgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi yogʻoch qal’a XI asrda Neman va Gorodnichanka daryolarining qoʻshilish joyida qurilgan[1].

Qal’aning XIII asrda qal’ada muhofaza uchun Kamyanyets minorasi qurilgan. Buyuk Vitovt qal’ani toshdan tikladi va 1391-98-yillarda beshta gʻishtli gotika minoralarini qoʻshib, uni asosiy qarorgohlaridan biriga aylantirdi. Kasimir IV Jagiellon ham Litvaning rasmiy poytaxtidan koʻra Grodnoni afzal koʻrgan. Aynan oʻsha yerda unga Polsha toji taklif qilingan va u 1492-yilda vafot etgan[2].

Qal’aning keyingi egasi Grodnoni Sharqiy Yevropadagi ulkan imperiyaning poytaxti sifatida koʻrgan Stefan Batoriy edi. U Shimoliy Italiya Uygʻonish davriga xos qal’ani oʻz qarorgohi bilan almashtirish uchun Parmalik Skotoni jalb qildi. Batoriy 1586-yilda Grodnoda vafot etdi. 1655-yilda rus-polsha urushi paytida qal’a ruslar tomonidan vayron qilingan[2].

Qayta qurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a 1673-1678-yillarda qirollik qarorgohini taʼmirlash uchun yetarli mablagʻ toʻplagan Kshishtof Zigmunt Pak tomonidan qayta tiklandi. Qayta tiklangan qal’a Polsha qiroli Mixal Korybut Wiśniowiecki tomonidan Polsha-Litva Hamdoʻstligining har uchinchi Seymi uchun joy sifatida tanlangan. Qasr Buyuk Shimoliy urush paytida katta zarar koʻrdi, qirollik sudni Yangi Grodno qal’asiga koʻchirishga majbur boʻldi[2].

Polsha boʻlingandan soʻng, qal’a rus armiyasiga berildi va kazarmaga aylantirildi. Polsha hukumati elchilar palatasi va Seym zalini tikladi.

Yaqin tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda qal’a 200 000 dan ortiq eksponatlarni oʻz ichiga olgan tarixiy va arxeologik muzeyga aylantirilgan[3].

Eng oxirgi rekonstruksiya ishlari 2017-yilda boshlangan[4]. Eski Grodno qal’asini qayta tiklash vaqtida tarixiy qiyofasini yoʻqotganligi sababli tanqid qilindi[5][2]. Masalan, markaziy darvozalar yonida zamonaviy elementlar qoʻshildi[6]. Tamirladh vaqtida XVI asrda qurilgan ayrim devorlar buzib tashlangan[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The architecture of castles and palaces in Belarus“ (en). Archives of Belarus. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Szulakowska 2018.
  3. „A reconstruction of the Old Castle is taking place in Grodno“ (en). Regional Newspaper (2021-yil 6-iyul). Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  4. „Reconstruction of Old Castle in Grodno“ (en). Belta (2020-yil 14-avgust). Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.
  5. „10 Treasures of Polish-Belarusian Architectural Heritage“ (en). Culture.pl. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  6. Lebed, E. „Король возвращается в Гродно — после реконструкции для посетителей открывается Старый замок. Что внутри“ (ru). Vecherniy Grodno (2021-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  7. „Реконструкция или уничтожение? В Гродно открыли Старый замок“ (ru). Belsat (2021-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  8. „В Гродно после реконструкции открывается Старый Замок. Его уже можно будет посетить“ (en). Onliner.by (2021-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.