Erta turmush qurish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erta turmush qurish
Example alt text
O'smirlik davridagi nikoh
Erta turmush qurishning valeologik asoslari
Erta turmush qurishni oldini olish, yoshlarni ruhan va jismonan turmushga tayyorlash asoslari
Tibbiy bo'limi Valeologiya
Turmush qurishga oid ma'lumotlar

Erta turmush qurish — balogʻat yoshiga yetib ulgurmagan, oʻsmirlik davrida, jinsiy tomonlama toʻliq shakllanmagan yigit-qizlarning oila qurishi hisoblanadi.

Oila — muqaddas dargoh. Oilaning asosiy vazifasi insoniyatning zanjirini sogʻlom va iqtidorli avlodlar bilan bogʻlab borishdan iborat. Nikoh — bu erkak bilan ayol oʻrtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va maʼqullanishining tarixiy shakli hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov taʼkidlaganlaridek: „Oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini taʼminlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan tarbiya oʻchogʻidir“[1].

Turmush yoshi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikoh yoshi mamlakatga bog'liq va qizlar va o'g'il bolalar uchun farq qilishi mumkin. Yaqin vaqtgacha koʻplab mamlakatlarda qizlarning turmush qurish yoshi oʻgʻil bolalarnikiga qaraganda pastroq boʻlgan boʻlsa, hozir koʻp joylarda gender tengligini saqlash maqsadida qiz bolalar yoshiga koʻtarildi. Nikoh uchun talab qilinadigan yosh va boshqa shartlar har bir mamlakatda bir-biridan farq qiladi, lekin qoida tariqasida, yosh o'n sakkiz yoshdan boshlab belgilanadi. Aksariyat mamlakatlar ota-onalarning roziligi yoki sud ruxsati bilan oldindan belgilangan yoshda turmush qurishga ruxsat beradi, ba'zi mamlakatlar esa, agar qiz homilador bo'lsa, yoshlarga turmushga chiqishga ruxsat beradi. Nikoh yoshini ko'pchilik tug'ilish yoshi yoki jinsiy rozilik yoshi bilan aralashtirib yubormaslik kerak, garchi ba'zi joylarda ular bir xil bo'lishi mumkin. Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda nikoh uchun qonuniy yosh chegaralari faqat ko'rsatmalarda belgilab qo'yilgan. Ba'zi jamiyatlarda 18 yoshga to'lmagan shaxs (odatda qiz bola) bilan turmush qurish yosh nikoh deb hisoblanadi. 1962-yilda 55 ta davlat nikoh uchun eng kam yoshni qonunchilik bilan belgilash, shuningdek, urf-odatlar, diniy va qabilaviy (klan) qonunlarini bekor qilish uchun nikohga ruxsat berish, nikoh uchun eng kam yosh va nikohni qayd etish to'g'risidagi konventsiyani qabul qildi. Nikoh yoshi diniy qonunga ko'ra, mamlakat qonuniga qaraganda pastroq bo'lsa, davlat qonuni tomonidan ustunlik qiladi. Biroq, ayrim diniy jamoalar bu masalada qonun ustuvorligini tan olmaydi, bu esa bolalar yoki majburiy nikohga olib kelishi mumkin. Qullikka barham berish toʻgʻrisidagi 1956-yildagi qoʻshimcha konventsiyaning 123 ta ishtirokchisi nikoh uchun eng kam yoshni qabul qilishga kelishib oldilar[2].

Oʻspirinlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Organizmning yetuklik yoki balogʻatga yetganligi ijtimoiy tomondan uning turmush qurishga tayyor ekanligini bildiradi. Balogʻatga yetganlik belgilariga, ham jismonan, ham aqlan rivojlanganlik, mas’uliyat va javobgarlik hissini tuyuvchi, tibbiyot jihatdan esa ikkilamchi jinsiy bezlarning toʻliq shakllanganligi, organ va organlar sistemasining takomillashganligi, qiz bolalarda homiladorlikka anatomik tayyor ekanliklari kabi belgilar bilan belgilanadi. Oʻspirinlik yosh davrida qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, oʻgʻil bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasini kuchayishi, ikkilamchi jinsiy organlar shakllanishining yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Timus bezi bundan mustasno, uning involyusiyasi davom etadi. Barcha azolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi. Ana shu davr oʻtib, balogʻat davriga oʻtganidan soʻng turmush qurishga tavsiya beriladi. Lekin voyaga yetmagan qiz bolalarni erta turmushga berish hozirgi kundagi eng dolzarb global muammolardan biriga aylanib bormoqda.

Qonunda belgilangan tamoyillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon miqyosida[tahrir | manbasini tahrirlash]

JSSTning 2012-yil 65 sessiyasida „Oʻsmir yoshdagi homiladorlik va ularning salbiy oqibatlari“ toʻgʻrisida seminar oʻtkazildi. Erta turmush qurish muammolari koʻrib chiqildi. Unga koʻra jahonning rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlar aholisining turmush darajasi, ularda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam, turmush qurishning yosh chegarasi belgilab berilgan. Shuningdek, mazkur tashkilot tomonidan erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlari haqidagi maʼlumotlar asosida ish olib borishadi[3].

Respublika doirasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yil 30-aprelda Oliy Majlis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining oila kodeksi tasdiqlandi. Oila bilan bogʻliq 50 ga yaqin qonun 90 ga yaqin farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilingan[4]. Konstitutsiyamizning 63-moddasida „Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda davlat va jamiyat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi“ deya belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, oila kodeksida ham mana shunga oid erta turmush qurish, majburiy nikoh oʻqitish kabi tamoyillar, qonun doirasida belgilab oʻtilgan.

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda erta nikohning tarqalishini baholash yuqori koʻrsatgichlar (37,3 %)ni tashkil etadi, bu faqat ayrim hududlarda (16,8 %) yoki alohida hollarda (1,5 %) sodir boʻlishi mumkin. Soʻrov natijasida maʼlum boʻlishicha, oilada ajralishlarning eng koʻp sabablari turmush oʻrtoqlar xarakterining mos kelmasligi (41,2 foiz) va moddiy muammolar (40,4 foiz) hisoblanadi. Turmush oʻrtoqlar uchun pul etishmasligi, respondentlarning fikriga koʻra, koʻpincha ajralishga olib keladigan yana bir muammo — bu alohida uy-joy etishmasligi[5].

Respondentlarning 12,6 foiziga koʻra, ajrashishning keng tarqalgan sabablaridan biri bu - bepushtlikdir. Oʻrganish shuni koʻrsatdiki, soʻrov ishtirokchilarining mutlaq koʻpchiligi (81,3 foizi) jinsi, yoshi, taʼlim darajasi va bandligidan qatʼi nazar, ajrashishlarni oila va jamiyat hayotidagi salbiy hodisa deb biladi.

Ayni paytda, soʻrov shuni koʻrsatdiki, boʻlajak turmush oʻrtoqlarning nikohdan oldin qisqa muddat — bir yildan kamroq vaqt davomida tanishishi oila barqarorligini pasaytiradigan omillardan biridir. Erta turmush qurish sabablari orasida ota-onalarning farzandlarining oilaviy hayotini tezda tartibga solish istagi (48,1 %), yoshlarning reproduktiv salomatlik masalalarida toʻgʻri bilimga ega emasligi va savodsizligi (25,9 %), oʻz farzandlarining turmushini yaxshilash istagi bor. Erta turmush qurishning zamiridagi salbiy oqibatlari daromadli nikoh orqali moliyaviy ahvol (22,5 %), rejalashtirilmagan homiladorlik (15,2 %) yotadi. Turmushga chiqish yoshini qizlar uchun 21-22 yosh, yigitlar uchun 23-25 yosh boʻlishi maqsadga muvofiqdir.

Oldini olish choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil holatiga koʻra yosh onalar oʻlimi koʻrsatgichi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi „Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Nizomi toʻgʻrisida“ gi 365-sonli Qarori asosida nikohlanuvchi shaxslar FHDYo boʻlimiga ariza berganlaridan soʻng quyidagi kasalliklarni aniqlash uchun tekshiruvlardan oʻtadilar:

  1. Akusher-ginekolog
  2. ̇̈Ruhiy kasalliklar
  3. Giyohvandlik
  4. Sil kasalligi
  5. Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar
  6. OIV/OITS kasalliklari va boshqalar[6].

Erta turmush qurish oqibatida qiz bolalar oʻz mustaqilliklari va erkinliklaridan cheklanadilar.

Shuningdek davlatimiz va soogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan erta turmush qurishni oldini olishga oid qator chora-tadbiorlar ishlab chiqilganː

- Oila-mahalla hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

— DPMlarida Ayollar maslaxatxonasini tashkil etish;

— Tibbiyot muassasalarda Oʻsmir qizlarni chuqur tibbiy mkoʻrikdan oʻtkazish;

— Yoshlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;

— Oʻsmir qizlar va ularning ota-onalari bilan erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish va hokazo…..

Salbiy oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onalar oʻlimi xaritasi SOWM2010. Maʼlumotlar erta turmush qurish oqibatida homiladorlik bilan bogʻliq sabablarga koʻra onaning umrbod oʻlimi xavfini aks ettiradi.
  1 dan 7 - 1 dan 8
  1 dan 11 - 1 dan 16
  1 dan 18 - 1 dan 32
  1 dan 33 - 1 dan 55
  1 dan 70 - 1 dan 120
  1 dan 130 - 1 dan 240
  1 dan 270 - 1 dan 500
  1 dan 530 - 1 dan 1000
  1 dan 1100 - 1 dan 1400
  1 dan 2100 - 1 dan 3700
  1 dan 4400 - 1 dan 7800
  1 dan 8200 - 1 dan 14200
  1 dan 16400 - 1 dan 29000
  1 dan 47600 va kamroq

Erta turmush qurish oqibatida oilada mavjud boʻladigan muammolar yechimini toʻgʻri va maqsadli hal etishda qiynaladilar. Farzandlar tarbiyasida tajribasizliklari sababli muammolar yuzaga keladi. Erta turmush qurish oqibatida oʻz tengdoshlari kabi hayot goʻzalligidan toʻliq bahramand boʻla olmaydilar. (oʻz istaklari va orzulariga yetisha olmaydi.). Oʻsmir qizlarda homilaning rivojlanishi ogʻir oʻtadi (homila yaxshi rivojlanmaydi, ogʻirligi kam boʻladi, koʻp holatlarda bola chala va nimjon tugʻiladi). Oʻsmir qizlardagi tugʻish jarayoni ham ogʻir oʻtadi (tos suyaklari yaxshi rivojlanmaganligi sababli tabiiy yoʻl orqali tugʻish jarayoni qiyinlashib, koʻpgina holatlarda kesar-kesish yoʻli bilan yakun topadi); Oʻsmir qizlar homilador boʻlganlarida koʻproq zararli odatlarga beriluvchan boʻladi, yaʼni (kashandalik, spirtli ichimliklarni, giyohvand moddalarni koʻproq isteʼmol qilishga moyil boʻladilar). Shuningdek, oʻsmir qizlar organizmi homiladorlikka toʻliq tayyor boʻlmasligi oqibatida dunyo boʻyicha yosh onalar oʻlimi soni ortib bormoqda[7].

Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari orasida eng keng tarqalgan muammolardan quyidagilar qayd etiladi: ajrashgandan keyin ona sobiq erining yordamisiz koʻpincha bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalaydi — 42 %, tez-tez ajralishlar — 38 %, qiyin moliyaviy va uy-joy holatida yashamoq — 27 %, ruhiy buzilishlar — 13 %.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ERTA TURMUSHGA CHIQISHNING OQIBATLARI.“. www.naqshband.uz. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Бухоро вилояти вакиллиги (13 ноябр 2017 йил). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  2. Supplementary Convention on the Abolition of Slavery, Article 2
  3. SIXTY-FIFTH WORLD HEALTH ASSEMBLY. „Early marriages, adolescent and young pregnancies“. apps.who.int. World Hearth Organization (16-mart 2012-yil). Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.
  4. „OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI“. www.lex.uz. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (1998-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  5. „Ранние браки, разводы, конфликты и насилие. Социологи провели исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане“. /www.podrobno.uz. Центр изучения общественного мнения "Ижтимоий фикр" провел исследование основных проблем семейной жизни в Узбекистане. (18 мая 2021). 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  6. „НИКОҲЛАНУВЧИ ШАХСЛАРНИ ТИББИЙ КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДА“. lex.uz. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИ (2003-yil 25-avgust). Qaraldi: 15-avgust 2022-yil.
  7. Materinskaya smertnost // 1. Malaya meditsinskaya ensiklopediya. — Meditsinskaya ensiklopediya. 1991—96 gg. 2. Pervaya meditsinskaya pomoщ. — Bolshaya Rossiyskaya Ensiklopediya. 1994 g. 3. Ensiklopedicheskiy slovar meditsinskix terminov. — Sovetskaya ensiklopediya. — 1982—1984 gg. — M.