Eron Pochta banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eron Pochta banki
پست بانک ایران (Pest Bank Iran)
Asosiy maʼlumotlar
Turi Davlat banki
Faoliyati bank ishi
Birja listingi TSE: BPST1
ISIN: IRO1BPST0007
Asos solingan 2006
Rahbariyat Behzod Shiriy (Boshqaruv raisi)
Sayti www.postbank.ir postbank.ir/ www.postbank.ir

Eron Pochta banki ( forscha: پست بانک ایران , Pest Bank Iran ) — Eronda faoliyat yuritayotgan banklardan biri.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron Pochta banki rasman 2006-yilda tashkil etilgan. Bu Erondagi davlat egalik qiladigan oʻn birinchi bankdir. [1]

Xalqaro muammolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 6-sentyabrda Lyuksemburgdagi Yevropa Bosh sudi Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronning yadroviy va raketa dasturlarini qoʻllab-quvvatlash iddaosi bilan 2010-yildan beri bankka nisbatan qoʻllangan ayblovlar oʻz isbotini topmaganligi tufayli sanksiyalarni bekor qilish haqida qaror chiqardi. [2][3] 2016-yil holatiga koʻra, Yevropa Ittifoqining bank aktivlarini muzlatish qarori hali ham amalda edi. [4]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eronda bank ishi va sugʻurta
  • Eronda xususiylashtirish

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „پست بانک ایران: About Postbank > History“. 2012-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-mart.
  2. James Kanter. „E.U. Wrongly Imposed Sanctions on 7 Iranian Companies, Court Rules“. New York Times (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  3. „The General Court annuls the acts of the Council freezing the funds of seven companies and one person in connection with the restrictive measures taken against Iran with the aim of preventing nuclear proliferation“. General Court of the European Union (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  4. „European Union and United Kingdom Sanctions Update: March 2016“. K&L Gates (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]