Ernest Xeminguey uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ernest Xeminguey uyi 1930-yillarda amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning yashash joyi edi. Uy Florida shtatidagi Key West orolida joylashgan. U 907 Uaytxed ko'chasi, Key West Lighthouse qarshisida, orolning janubiy qirg'og'iga yaqin. Xeminguey nomi bilan bog'liqligi sababli hozirda ushbu joy Key Westdagi eng mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi. U, shuningdek, Xeminguey mushuklarining ko'p soni bilan ham mashhur.

Ushbu turar joy 1851-yilda badavlat dengiz me'mori va qutqaruvchisi Asa Tift tomonidan fransuz kolonial uslubida qurilgan. 1931-yildan 1939-yilgacha uyda Xeminguey va uning rafiqasi Paulin Pfayfer yashagan. Ular eski uyni qayta tiklaganl va bir nechta o'zgartirishlar kiritgan. Xeminguey ana shu uyda bo'lgan vaqtida o'zining eng yaxshi asarlarini, jumladan, "Green Hills of Africa" ("Afrikaning yashil tepaliklari")(1935) nomli badiiy asari, 1936-yilda "The Snows of Klimanjaro" ("Kilimanjaro qorlari") va "The Short Happy Life of Francis Macomber" ("Frensis Makomberning qisqa baxtli hayoti") qissalarini shuningdek, “ To Have and Have Not” (1937) va “Islans in the Stream” (1970) romanlari yozgan. Xemingueyning ajrashishi va o'limidan so'ng, uy kimoshdi savdosiga qo'yilgan va 1964-yilda xususiy muzeyga aylantirilgan. 1968-yil 24-noyabrda u Milliy tarixiy yodgorlik sifatida ro'yxatga olindi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshlang'ich davrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyning qurilishi 1848-yilda boshlangan va 1851-yilda[1] dengiz arxitektori va qutqaruvchi Asa Tift tomonidan fransuz kolonial mulki uslubida qurib bitkazilgan.[2] Uy Key West Lighthouse ko'chasining ro'parasida[3] 16 feet (4.9 m)) balandlikda joylashgan - bu oroldagi ikkinchi eng baland joy.[2][4] Balandlikka qo'shimcha ravishda, uyning 18 dyuymli qalin ohaktosh devorlari tropik bo'ronlar va bo'ronlar paytida uni himoya qiladi.[5]

Xeminguey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernest Xeminguey rafiqasi Paulin bilan 1930-yillarda uy hovlisida

1928-yilda yozuvchi Ernest Xeminguey va uning rafiqasi Paulin Pfayfer Key Westga ko'chib o'tishdi va u yerda keyingi uch yilni ijaraga olingan uyda o'tkazdilar.

Paulin birinchi marta 907 Uaytxed ko'chasini uy qidirish paytida ko'rganida, ana shu uyni uni "la'natlangan arvoh uyi" deb aytgandi.[6] O'sha paytda uy garovga qo'yilgan va o'ta ta'mirtalab ahvolda qolgan edi.[2] Biroq uning to'liq afzalliklarini anglab yetgach, u boy amakisi Gusni to'y sovg'asi sifatida 8000 dollarga sotib olishga ko'ndirgan.[7][8] Xeminguey oilasi ishdan chiqqan, yaroqksiz ahvoldagi ustunlarni almashtirib, butun uyni tikladilar.[9] Uyning ichki jihozlarining ko'p qismini Paulin tanlagan, ammo Ernest o'zining ov kuboklarini qo'shishni xohlagan va shunday qilgan.[10] Havoning aylanishini hisobga olib Paulin uyning ship ventilyatorlarini qandillar bilan almashtirgan.[11] Er-xotin, shuningdek, uyning ikkinchi qavatini Ernest uchun yozuv studiyasiga aylantirgan va yerto'lani esa vino saqlash uchun moslashtirganlar.[9]

Xemingueyning yozuvchilik studiyasi

Xeminguey 1937-yilda Ispaniyada hisobot berayotganda, Paulin hovlida katta hovuz o'rnatdi.[12] Hovuz - Florida Keysdagi birinchi basseyn, 24 x 60 fut[13] 80 000 gallon va juda qimmat edi. Narxi 20 000 AQSh dollari, bu butun mulkni sotib olish narxidan ikki yarim baravar ko'p edi.[12][14] Xeminguey safardan qaytgach, bunday qimmat inshoot qurilganidan jahli chiqqan. U kuchli hayajon bilan cho'ntagidan bir tiyinni yerga tashlab, ayoliga "Siz mening so'nggi sentimni ham olsangiz bo'ladi", deb aytgan, lekin hovuz uchun Paulinning o'zi pul sarfgan. Paulin ana shu sentni saqlab qolgan va keyin uni betonga solib qo'ygan[12] Avvalgi g'azabiga qaramay, Xemingueyga hovuz yoqa boshladi va keyinchalik u yerda bemalol suzishi uchun uy atrofini 6 futlik g'isht devor bilan o'ratdi.[13][15] Xeminguey uyida tovuslar boqdi va maysazorda boks musobaqalarini tashkil qildi.[16]

Xeminguey o'limidan so'ng garajdagi omborxonadan qo'lyozma topildi; bu asar vafotidan keyin 1970-yilda "Islands in the Stream" nnomi bilan nashr etilgan.[2]

Bu uyda sakkiz yil yashagan Xeminguey 1939-yilda Kubaga ko'chib ketgan.[17]

1940-yilda ajrashgandan so'ng, Paulin 1951-yilda vafot etgunga qadar ana shu uyda yashadi. Keyin u 1961-yilda Xeminguey o'z joniga qasd qilgunga qadar uning ixtiyorida qoldi. O'sha yilning oxirida uchta o'g'li uyni 80 000 dollarga auktsionga qo'yishdi.[2][18][19]

Zamonaviy muzey[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda uyga tashrif buyurgan sayyohlar

Yangi egalar Xeminguey uyidan yashash niyatida edi. Biroq tashrif buyuruvchilarning doimiy qiziqishi tufayli ular uyni 1964-yilda muzey sifatida ommaga ochdilar. Xemingueyning oilasi mebellarning ko'p qismini olib qo'ygan bo'lsa-da, uyda hali ham kattaroq mebellar va Xemingueyning ko'plab mulklari bor edi.[13] Barcha mebellar asl va Xemingueyga tegishli bo'lmaganlgi = sababli, muzeyning haqiqiyligi biroz tanqidga uchradi.[7] Uyning barcha xonalari tashrif buyuruvchilar uchun ochiq, Xemingueyning yozuv xonasidan tashqari (uni faqat ekran orqali koʻrish mumkin).[11] Uy-muzey Key Westdagi eng mashhur sayyohlik maskani hisoblanadi.[20]

2017-yil sentabrida “ Irma” toʻfoni Keysda sodir bo'lishidan oldin, orollarning butun aholisi federal hukumat tomonidan evakuatsiya qilinishini aytilgan edi, biroq muzey egasi, bosh menejeri va bir guruh xodimlari uyni tark etish yoki mushuklarini evakuatsiya qilishdan bosh tortdi. Xemingueyning nabirasi ham ularni Bu shunchaki uy” deb ko'chirishga undagan. Ammo, bir nechta xodimlar mushuklar va uyda qolishni afzal ko'rdilar. Ular to'fondanshikast yetmagan holda omon qolishdi.[21][22]

COVID-19 pandemiyasi va buning natijasida turizmning pasayishi tufayli muzey 30 dan ortiq xodimni (jami xodimlarning 50%i) ishdan bo'shatdi.[23][24]

Mushuklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uy-muzeyda yashaydigan polidaktil mushuklardan biri

Uy va uning hududida ko'plab mushuklar yashaydi, ular odatda Xeminguey mushuklari deb ataladi.[18] Taxminan yarmi polidaktil bo'lib, har bir panjasi oltita barmoqdan iborat.[25] Mushuklar Xamfri Bogart yoki Merilin Monro kabi mashhur kishilarning ismlarini olib, uyning bog'ida o'z qabristoniga ham ega.[18]

Afsonaga ko'ra, mulkdagi barcha mushuklar dengiz kapitani tomonidan Xemingueysga sovg'a sifatida berilgan olti barmoqli oq mushuk -Snow White dan kelib chiqqan.[18][25] Biroq, Xemingueyning jiyani Hilari va uning o'g'li Patrik ikkalasi ham Xemingueyning Key Westda mushuklari borligi haqidagi da'voga qarshi chiqishdi. Chalkash fikrlarga yana bir misol, Ki-Vestda yosh Patrik va Gregori (Xemingueyning yana bir o'g'li) oq mushuk bilan o'ynayotgan fotosurati mavjud. Tasvir haqida so'ralganda, Patrik voqeani eslay olmasligini aytgan.[26]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ernest Xemingueyning tug'ilgan joyi
  • Ernest Xeminguey kotteji
  • Ernest va Meri Xeminguey uyi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chorney, Saryn. „All of Ernest Hemingway House's 54 Famous, Six-Toed Cats Accounted for After Hurricane Irma Batters the Florida Keys“. People (11-sentabr 2017-yil). 18-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Fogwell, Susan. „The Hemingway House in Key West“. The Huffington Post (3-dekabr 2014-yil). 12-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  3. Miller, Mark. Miami and the Keys. National Geographic Society, 2008 — 225 bet. ISBN 9781426203237. 
  4. Alvarado, Francisco. „Home to Hemingway and lazy days, Key West girds for Hurricane Irma’s wrath“. The Washington Post (6-sentabr 2017-yil). 22-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  5. Dangremond, Sam. „Ernest Hemingway's Key West Cats Made It Through Hurricane Irma Unscathed“. Town & Country Magazine (11-sentabr 2017-yil). 12-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  6. McIver (2002), p. 17.
  7. 7,0 7,1 Moddelmog, Debra A.. Ernest Hemingway in Context. Cambridge University Press, 2013 — 136 bet. ISBN 9781107010550. 
  8. McIver (2002), p. 18.
  9. 9,0 9,1 McIver (2002), p. 19.
  10. McIver (2002), p. 21.
  11. 11,0 11,1 „Polydactyl Cats“. Michael Palin's Hemingway Adventure. PBS. 7-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2020-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 McIver (2002), pp. 21-22.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Hemingway House Becomes a Museum“. The New York Times (2-fevral 1964-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  14. Gibson, Andrew. „Hemingway's legacy alive and well in Key West“. The Los Angeles Times (13-may 2015-yil). 2022-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  15. Reynolds, Michael. Hemingway: The 1930s. New York: W. W. Norton & Co., 1997 — 268 bet. ISBN 0393343200. OCLC 35397885. 
  16. „Sun and Sloppy Joe's“. Michael Palin's Hemingway Adventure. PBS. Qaraldi: 5-oktabr 2020-yil.
  17. O'Connoor, John. „Places Where Hemingway Lived or Traveled“. The New York Times (2-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 Alvarez, Lizette. „Cats at Hemingway Museum Draw Tourists, and a Legal Battle“. The New York Times (22-dekabr 2012-yil). 4-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  19. McIver (2002), p. 108.
  20. McIver (2002), p. 85.
  21. Astor. „Hemingway’s Six-Toed Cats Ride Out Hurricane Irma in Key West“. The New York Times (11-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2017-yil.
  22. Schaub, Michael. „Hemingway's house and cats spared by Hurricane Irma“. The Los Angeles Times (11-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  23. Miles, Mandy. „Key West's Iconic Hemingway House Lays Off 30+ Workers“. Keys Weekly. Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  24. Filosa, Gwen. „'It's sad.' Key West’s Hemingway museum cuts half its staff, citing a decline in tourism“. Miami Herald (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  25. 25,0 25,1 Bell, Maya. „Hemingway's cats have gone to court“. The Baltimore Sun (13-avgust 2006-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  26. Brennen & Hemingway (2015), Ch. 9.