Erik Christensen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Erik Christensen
Christensen, 2011-yil
Tugʻilgan joyi 17-dekabr 1983-yil (1983-12-17) (40 yosh)
Edmonton, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari Pittsburgh Penguins
Atlanta Thrashers
Anaheim Ducks
New York Rangers
Minnesota Wild
HC Lev Praha
HV71
NHLga kirish drafti 69-oʻrindagi tanlov, 2002
Pittsburgh Penguins
Jamoalardagi faoliyat 2004—2017

Erik Christensen (talaffuzi: Erik Kristensen) (1983-yil 17-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Erik Christensen oxirgi marta Shvetsiya xokkey ligasi (SHL) vakili „HV71“ xokkey jamoasida oʻynagan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erik Christensen 2002-yilgi NHL kirish loyihasining uchinchi bosqichida umumiy 69-oʻrindagi tanlov asosida „Ptitsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. 2002—2003-yilgi mavsumda Erik Christensen Gʻarbiy xokkey ligasining (WHL) yetakchi toʻpurari boʻlgani uchun Bob Clarke kubogini qoʻlga kiritdi.

Erik Christensen oʻzining birinchi NHL golini 2005-yil 3-noyabrda „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda darvozabon Rick DiPietro darvozasiga ( „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safida) kiritishga muvaffaq boʻldi. Erik Christensen 2007—2008-yilgi mavsumda „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safida 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ochko (6 gol) qoʻlga kiritdi.

2008-yil 26-fevralda „Atlanta Thrashers“ xokkey klubi Erik Christensen Colby Armstrong, Angelo Esposito va Marian Hossa va Pascal Dupuis kabi „Pittsburgh Penguins“ xokkeychilarini sotib oldi.

2009-yil 4-martda „Atlanta Trashers“ klubi Erik Christensenni Eric O'Dell evaziga „Anahreim Ducks“ xokkey klubiga yubordi[1]. Erik Christensen mavsumning qolgan qismida „Anaheim Ducks“ klubi safida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Erik Christensen, shuningdek, klub tarkibida 2009-yilgi Stanley kubogi pley-off bosqichida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Erik Christensen 2009-yil 2-dekabrda „New York Rangers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[2].

2012-yil 5-iyun kuni Erik Christensen Chexiyadagi Kontinental xokkey ligasi vakili „HC Lev Praha“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Erik Christensen 2013-yil 22-oktyabrda „HV71“ xokkey klubi bilan Shvetsiya xokkey ligasida oʻz faoliyatini davom ettirish uchun kelishuvga erishdi[3]. Erik Christensen klub safida toʻrt mavsum davomida harakat qildi. 2016—2017-yilgi mavsumda Erik Christensen „HV71“ xokkey klubiga 5-Le Mat kubogini qoʻlga kiritishga yordam berdi[4]. Shundan bir hafta oʻtgach, Erik Christensen „HV71“ klubi bilan yangi shartnoma imzolamadi va erkin agentga aylandi[5]. Keyin Erik Christensen 13 yillik professional faoliyatini yakunlab, uyiga, Edmonton shahriga qaytishini eʼlon qildi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1999—2000 Kamloops Blazers WHL 66 9 5 14 41 4 0 0 0 2
2000—2001 Kamloops Blazers WHL 72 21 23 44 36 4 1 1 2 0
2001—2002 Kamloops Blazers WHL 70 22 36 58 68 4 0 0 0 4
2002—2003 Kamloops Blazers WHL 67 54 54 108 60 6 1 7 8 14
2003—2004 Kamloops Blazers WHL 29 10 14 24 40
2003—2004 Brandon Wheat Kings WHL 34 17 21 38 20 11 8 4 12 8
2004—2005 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 77 14 13 27 33 11 1 6 7 4
2005—2006 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 48 24 22 46 50 11 2 2 4 2
2005—2006 Pittsburgh Penguins NHL 33 6 7 13 34
2006—2007 Wilkes-Barre/Scranton Penguins AHL 16 12 12 24 8
2006—2007 Pittsburgh Penguins NHL 61 18 15 33 26 4 0 0 0 6
2007—2008 Pittsburgh Penguins NHL 49 9 11 20 28
2007—2008 Atlanta Thrashers NHL 10 2 2 4 2
2008—2009 Atlanta Thrashers NHL 47 5 14 19 14
2008—2009 Anaheim Ducks NHL 17 2 7 9 6 8 0 2 2 0
2009—2010 Anaheim Ducks NHL 9 0 0 0 2
2009—2010 New York Rangers NHL 49 8 18 26 24
2010—2011 New York Rangers NHL 63 11 16 27 18 5 1 0 1 2
2011—2012 New York Rangers NHL 20 1 4 5 2
2011—2012 Connecticut Whale AHL 5 2 1 3 8
2011—2012 Minnesota Wild NHL 29 6 1 7 6
2012—2013 Lev Praha KHL 41 11 10 21 18
2013—2014 Lev Praha KHL 12 1 1 2 6
2013—2014 HV71 SHL 38 13 14 27 22 8 4 1 5 4
2014—2015 HV71 SHL 46 13 31 44 14 6 5 0 5 6
2015—2016 HV71 SHL 42 9 15 24 28 1 0 1 1 0
2016—2017 HV71 SHL 45 15 6 21 16 16 1 4 5 6
NHL jami 387 68 95 163 162 17 1 2 3 8
SHL jami 171 50 66 116 80 31 10 6 16 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ducks acquire Christensen from Atlanta“. ducks.nhl.com (2009-yil 4-mart). 2009-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-mart.
  2. Gross, Andrew. „Valiquette waived; Brashear hurt“. The Record (2009-yil 2-dekabr). 2009-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-dekabr.
  3. „Erik Christensen strengthens HV71“ (sv). HV71 (2013-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 22-oktyabr.
  4. „HV71 wins championship“ (sv). aftonbladet.se (2017-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-aprel.
  5. „They leave HV71“ (sv). HV71 (2017-yil 7-may). Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  6. „Christensen tells life after hockey“. jp.se (2017-yil 17-avgust). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-avgust.