Erifila

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Erifila (qadimgi yunoncha: Ἐριφύλη qadimgi yunoncha: Ἐριφύλη) — qadimgi yunon mifologiyasi qahramoni. Amfiarayning rafiqasi. Alkmeonning onasi. U Polinikdan sovgʻa sifatida marjon olgan va erini Fivaga qarshi yurishga otlanishga majbur qilgan[1]. Fersandrdan sovgʻa sifatida peplos (libos) olgan va oʻgʻillarini Epigonlar[2] yurishiga borishga undagan. Erifilaning oʻgʻli onasini otasi uchun qasos olish maqsadida oʻldirgan.

Argosdagi yodgorlik[3]. „Odisseya“ va „Eneida“da Aidni taʼriflash vaqtida eslab oʻtilgan[4][5]. Delfidagi Polignotning suratida Aidda, barmoqlarining uchlari bilan xitonining boʻyin sohasini ushlab turgan holatda tasvirlangan[6].

Stesixorning „Erifila“ dostoni bosh qahramoni, Sofoklning „Erifila“ (fr. 201 Radt) va „Amfiaray“ fojialari, nomaʼlum muallif, Nikomax va Aksiyning „Erifila“ tragediyalari qahramoni.

1900-yilda kashf etilgan „(462) Erifila“ asteroidi uning sharafiga atalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka I 9, 13; III 6, 2; 7, 2.5
  2. Diodor Sitsiliyskiy. Istoricheskaya biblioteka IV 66, 3
  3. Pavsaniy. Opisanie Elladi II 23, 2
  4. Gomer. Odisseya XI 326
  5. Vergiliy. Eneida VI 445
  6. Pavsaniy. Opisanie Elladi X 29, 7