Eric Godard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eric Godard
Godard Penguins klubida 2010-yil
Tugʻilgan joyi 7-mart 1980-yil (1980-03-07) (44 yosh)
Vernon, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 227 lb (103 kg; 16 st 3 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari New York Islanders
Calgary Flames
Pittsburgh Penguins
Jamoalardagi faoliyat 2000—2012

Eric Godard (talaffuzi: Erik Godard) (1980-yil 7-martda tugʻilgan)—kanadalik isteʼfodagi professional xokkeychi. Eric Godard Milliy xokkey ligasida „New York Islanders“, „Calgary Flames“ va „Pittsburg Penguins“ xokkey klublari bilan oʻynagan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Godard Gʻarbiy Xokkey Ligasi vakili „Lethbridge Hurricanes“ xokkey klubining yoshlar jamoasida xokkey oʻynay boshlagan. Keyinchalik, Eric Godard 1999-yil 24-sentyabrda „Florida Panthers“ xokkey klubi safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. 2000-yil 1-aprelda „Louisville Panthers“ xokkey klubi tomonidan Amerika Xokkey Ligasiga chaqirilgandan soʻng, Godard oʻzining „Philadelphia Phantoms“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda ilk professional uchrashuvida paydonga tushdi.

Godard NHLdagi ilk oʻyinini „Islanders“ xokkey klubi bilan 2002-yil 17-oktyabrda „Philadelfphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi. 6-dekabr kuni oʻzining navbatdagi oʻyinida Godard oʻzining „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi vakili Tie Domiga qarshi faoliyatidagi ilk jangini (oʻyin vaqtidagi janjal) qayd etdi.

Godard 2003—2004-yilgi mavsumda „Islanders“ klubi safida maydonga tushdi (31 oʻyinda maydonga tushdi va 97 penalti qayd etdi). 2004—2005-yilgi NHL lokavti paytida Godard AHL vakili „Sound Tigers“ xokkey klubi safida 75 oʻyin oʻtkazib, 18 ochko toʻplagan va 295 penaltini oʻz hisobiga qoʻshgan edi.

Godard „Penguins“ klubi bilan 2009-yilda.

2005—2006-yilgi NHL mavsumida Godard 57 ta oʻyin bilan karyerasidagi eng yuqori koʻrsatkichlarni oʻrnatdi va birinchi marta 100 penaltiga erishdi. 2006-yil 3-yanvarda Godard „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi hujumchisi Justin Williamsga zarba bergani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Mavsum oraligʻida u „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan 2006-yil 10-avgustda erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.

Godard 2007—2008-yilgi NHL mavsumida „Calgary“ xokkey klubi bilan oʻyinlarda (74) va penaltilarini 171 taga yetkazib, oʻzining rekordini yangiladi. Eric Godard 2008-yil 1-iyulda „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[1].

„Penguins“ xokkey klubi bilan uch mavsumdan soʻng, Godard 10 ochko va 352 penaltini oʻz hisobiga yozdirib, 2009-yilda Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.

2011-yil 11-fevralda Michael Haley „Pittsburg“ xokkey klubi darvozaboni Brent Johnson bilan jang qilmoqchi boʻlganida, Godard zaxira oʻrindigʻini tark etgani va „New York Islanders“ klubiga qarshi oʻyinda jangga qoʻshilgani uchun 10 oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi[2].

2011-yil 12-iyulda Eric Godard „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2011—2012-yilgi mavsumni AHLning „Texas Stars“ jamoasida oʻtkazdi. Uning shartnomasining birinchi yili ikki tomonlama, ikkinchisi esa bir tomonlama edi.

Godard 2011—2012-yilgi mavsumda NHLda oʻynamagan, yil davomida „Texas Stars“ xokkey klubining AHL filialiga tayinlangan. 2012-yildagi NHL lokavti uning shartnoma holatiga taʼsir qilgani sababli, Godard 2012-yil 2-noyabrda nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi[3].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti Ishtirok Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1997—1998 Lethbridge Hurricanes WHL 7 0 0 0 26 2 0 0 0 0
1998—1999 Lethbridge Hurricanes WHL 66 2 5 7 213 4 0 0 0 14
1999—2000 Lethbridge Hurricanes WHL 60 3 5 8 310
1999—2000 Louisville Panthers AHL 4 0 1 1 16
2000—2001 Louisville Panthers AHL 45 0 0 0 132
2001—2002 Bridgeport Sound Tigers AHL 67 1 4 5 198 20 0 4 4 30
2002—2003 Bridgeport Sound Tigers AHL 46 2 2 4 199 6 0 0 0 16
2002—2003 New York Islanders NHL 19 0 0 0 48 2 0 1 1 4
2003—2004 New York Islanders NHL 31 0 1 1 97
2003—2004 Bridgeport Sound Tigers AHL 7 0 0 0 13
2004—2005 Bridgeport Sound Tigers AHL 75 7 11 18 295
2005—2006 New York Islanders NHL 57 2 2 4 115
2006—2007 Omaha Ak-Sar-Ben Knights AHL 36 5 4 9 94
2006—2007 Calgary Flames NHL 19 0 1 1 50
2007—2008 Calgary Flames NHL 74 1 1 2 171 5 0 0 0 2
2008—2009 Pittsburgh Penguins NHL 71 2 2 4 171
2009—2010 Pittsburgh Penguins NHL 45 1 2 3 76
2010—2011 Pittsburgh Penguins NHL 19 0 3 3 105
2011—2012 Texas Stars AHL 46 1 0 1 58
NHL (jami) 335 6 12 18 833 7 0 1 1 6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Penguins sign Eric Godard“. Pittsburgh Penguins (1-iyul 2008-yil). Qaraldi: 16-mart 2010-yil.
  2. The Canadian Press. „NHL slaps Godard with 10-game suspension, Gillies gets Nine“. TSN (13-fevral 2011-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2011-yil.
  3. „Godard hangs up hockey mitts“. The Morning Star (2-noyabr 2012-yil). 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2012-yil.