Ergash Nuriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ergash Nuriddinov
Tavalludi 1906-yil
Vafoti 5-oktyabr 1938-yil
Namangan viloyatiSSSR bayrogʻi SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1927—1937-yillar
Bolalari 2[1]

Ergash Nuriddinov (1906-yili tuvallud topgan — 1938-yil 5-oktyabrda) — Namangan shahar partiya komitetiga safiga qabul qilingan. Partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan, Namangan kommunal kolxozda, yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi, Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi, 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari va 3-yogʻ zavodi direktori[1].

Hayoti va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ergash Nuriddinov 1906-yili Namanganda shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Oʻzbek, ijtimoiy ahvoli — xizmatchi[1]. 1920-1923-yillari Namangan shahridagi 4 yillik boshlangʻich maktabni bitirgan, Namangan shahar kommunistik bilim yurtida 2 yil oʻqigan. SSSR Manbalarda keltirilishicha ahli ayoli, otasi, onasi hamda 2 yoshlik oʻgʻli borligi, yashash manzili Namangan shahri, Labbatagin daxasi, 3-uy deb koʻrsatilgan[2]. Oliy sudi Harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining 1938-yil 14-oktyabrdagi yigʻilishida Nuriddinov Ergash otuvga hukm etilgan, jazo oʻsha kuni ijro etilgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yildan yogʻmoy ishchilari kasaba uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1930-yili Namangan shahar partiya komitetida partiya safiga qabul qilingan[1].

1936-yili 1-dekabridan 1937-yil 28-fevraligacha partiya komiteti sekretarlarini qayta tayyorlash kursida oʻqigan. 1937-yil 13-fevralda toʻlgʻizgan xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqasida uning mehnat faoliyati aks ettirilgan[1].

1923-yildan 1925-yilgacha Namangan kommunal kolxozda, 1925-1926-yillari Namangan shahridagi 3-yogʻ zavodida yuk tashuvchi, 1926-1933-yillari Namangan shahridagi 32-sonli paxta zavodda presslovchi lavozimda faoliyat yuritgan[1].

1933-yildan 1935-yilgacha 32-paxta zavod partiya tashkilotining sekretari, 1935-1937-yilgacha 3-yogʻ zavodi direktori boʻlish ishlagan. 1929-1934 yillardagi partiya tozalovidan hech qanday eʼtirozlarsiz oʻtgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: „SHARQ“ NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Shamsutdinov, Rustambek. O‘zbekistonda sovetlarning qatag‘on siyosati va uning oqibatlari. Toshkent: "SHARQ" NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI, 2012 — 432 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.. 
  2. OʻzR PDA, 58-fond, 65-roʻyxat, 359-ish, 86-89-varaqlar
  3. RF RFXXMA, 7-fond, 1-roʻyxat, 10-ish, 539-varaq.