Erdut shartnomasi
Erdut shartnomasi (xor. Erdutski sporazum, serbcha: Ердутски споразум) — Sharqiy Slavoniya, Baraniya va Gʻarbiy Sremning maqomi toʻgʻrisidagi bitim 1995-yil 12-noyabrda Erdut qishlogʻida Xorvatiya va ushbu hududlarning mahalliy Serbiya hokimiyati vakillari tomonidan imzolangan. Shartnoma ushbu hududlar uchun Xorvatiyadagi urushni tinch yoʻl bilan tugatish va Xorvatiyaga integratsiyalashuv uchun oʻtish davrini nazarda tutgan.
Shartnomani, Xorvatiyaning sobiq bosh vaziri Hrvoj SHarinich va Yugoslaviya Federativ Respublikasi hukumatidan koʻrsatmalar olgan Serbiya Krajina vakili Milan Milanovichnvakili imzoladi. Shartnomani imzolashda, Piter Galbreyt (AQShning Xorvatiyadagi elchisi) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining vositachisi Torvald Stoltenberg ishtirok etdi.
Ushbu kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tan olingan, u 1037-rezolyutsiya bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slavoniya, Baranya va Gʻarbiy Srem uchun oʻtish maʼmuriyatini (inglizcha: United Nations Transitional Authority for Eastern Slavonia, Baranja and Western Sirmium (UNTAES)[1].
Shuningdek, ushbu kelishuv asosida aholisining koʻpchiligi serblar boʻlgan munitsipalitetlarning qoʻshma kengashi tuzildi. 1998-yil 15-yanvarda bu hududlar va nihoyat Xorvatiya tarkibiga kiritildi[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Резолюция 1037 S-RES-1037(1996)“ (en). Совет Безопасности ООН (1996). 19-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Chris Hedges. „"An Ethnic Morass Is Returned to Croatia"“ (en). The New York Times (16 января 1998). 25-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Albert Bing. „"Sjedinjene Američke Države i reintegracija hrvatskog Podunavlja"“ (hr). Scrinia Slavonica (Slavonski Brod: Croatian Institute of History) 8 (1) (октябрь 2008). 1-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- Tekst soglasheniya na yazikax OON Arxivnaya kopiya ot 1-maya 2018 na Wayback Machine.