Eos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eos - qadimgi yunon afsonalariga ko‘ra, tong yog‘dusi ma’budasi bo‘lib, xudolarga va insonlarga nur taratgan. Eos tasviriy san’at asarlarida otlar qo‘shilgan g‘ildirakli aravaga tushgan holda dengizdan chiqib kelayotgan yosh, ikki qanotli ayol siymosida tasvirlangan. Rivoyat qilinishicha, Eos buyuk Giperionning qizi, Gelios va Selenning singlisi bo‘lib, Asrtey bilan turmush qurgan. Ulardan Boreya, Nota, Zefir kabi shamol ma’budlari, shuningdek, yulduzlar tug’ilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 426.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.