Ensiklopedik lugʻat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Ensiklopedik lugʻat“
Muharrir(lar) Qoʻchqor Xonazarov
Til oʻzbekcha
Qismlar 2 jilddan iborat
Janr(lar)i ensiklopedik lugʻat
Nashriyot „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988 (I jild)
1990 (II jild)
Sahifalar soni 560 (I jild)
544 (II jild)
ISBN ISBN 5-89890-002-0 (I jild)
ISBN 5-89890-018-7 (II jild)

„Ensiklopedik lugʻat“ — ikki jildli ensiklopedik lugʻat. Lugʻat oʻzida 30 000ga yaqin izohni jamlagan boʻlib, ilk oʻzbek tilidagi ixcham ensiklopediyadir. Lugʻat „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh tahririyatida chop etilgan. „Ensiklopedik lugʻat“ning birinchi jildi 1988-yilda, ikkinchi jildi esa 1990-yilda chiqarilgan.[1] Lugʻatga falsafa fanlari doktori Qoʻchqor Xonazarov bosh muharrirlik qilgan.

„Ensiklopedik lugʻat“ga hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy hayotining, xalq xoʻjaligining, fan va texnika, adabiyot va sanʼatning hamma sohalariga oid maʼlumotlar kiritilgan. Lugʻatda, shuningdek, Sovet Ittifoqi va undagi ittifoqchi hamda avtonom respublikalar, oʻlkalar, oblastlar, yirik shaharlar va ularning ahamiyatga ega viloyatlari, shaharlari haqida geografik, tarixiy va iqtisodiy maʼlumotlarni topish mumkin.

Jildlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jild Nashr yili Jilddagi maqolalar qamrovi
1 1988 A — Nafaqa
2 1990 N — Hoʻrmuz

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ensiklopedik lugʻat“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]