Elyuviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Elyuvial yotqiziqlardan yoʻnaltirildi)

Elyuviy (lot. — yuvaman), elyuvial yotqiziqlar — togʻ jinslarining joyida qolib toʻplangan nurash mahsulotlari. Denudatsiya (suv, shamol va muz taʼsirida yer yuzasining yemirilishi, yuvilishi va tekislanishi) sekin kechadigan gorizontal yuza yoki qiyaliklarda shakllanadi. Strukturasi (palaxsali, sozli) va tarkibi (kaolin, temir, marganets, alyuminiy rudalari va boshqalar) ona jinslar hamda nurash tipiga, xossalari tub jinsning nurash sharoiti hamda uning davomiyligiga bogʻliq. Saralanmaganligi va qatlamga boʻlinmaganligi bilan farq qiladi.

Elyuvial yotqiziqlar quyidagi turlarga ajratiladi: karbonatli jinslar E.si (ohaktosh, dolomit, mergel, karbonatli soz slanetslari), karbonatsiz jinslar E.. s i (qumtosh va sozli slanetslar, qumtoshlar, konglomeratlar va shahrik.), kristallik E., birlamchi va metamorfik jinslar E.si(granitlar, siyenitlar, diabazalar va shahrik.), jipslashgan jinslar ustida hosil boʻlgan hozirgi zamon lateritli E.lar. Koʻp ming va mln. yillar davomida rivojlanadigan hududlar (asosan, plato va tropiklarning baland tekisliklari)da E.ning qalinligi oʻnlab metrni tashkil etib, yuqori qatlamlari kuchli nuragan mahsulotlar (gilli minerallar va mineral oksidlar), shuningdek, nurashga juda chidamli minerallar (kvars, rutil va boshqalar)dan tashkil topgan; ularda asoslar va oʻsimliklar uchun ozuqa elementlari juda kam. Yoshi uncha katta boʻlmagan maydonlar (koʻpincha toʻrtlamchi muzlik davrining bevosita yoki bilvosita taʼsiri ostida boʻlgan plato va oʻrta hamda yuqori kengliklarning baland tekisliklari)da E. qalinligi bir necha sm yoki metrlarni tashkil etadi, tarkibi esa, asosan, nurash taʼsirida kam oʻzgargan birlamchi minerallardan iborat; bunday E. asoslarga va oʻsimlik uchun ozuqa elementlariga boy. Urta Osiyoda E., asosan, choʻl zonasida uchraydi.