Ellen Geer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ellen Geer
Tavalludi
Ellen Ware Geer

29-avgust 1941
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, professor, rejissor
Faoliyat yillari 1968—hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Ed Flanders
(turm. 1963; ajr. 1968)

Peter Alsop
(m. 1975)[1]
Bolalari 3 nafar
Otasi Will Geer
Onasi Herta Ware

Ellen Ware Geer[manba kerak] — amerikalik aktrisa, professor va teatr rejissori.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geer New York shahrida aktyorlar Herta Ware va The Waltons filmida Zebulon „Zeb“ Walton bobo rolini oʻynagan Will Geerning qizi sifatida tugʻilgan[2]. Aktrisa hozirda bolalar musiqachisi Peter Alsop bilan hayot kechirmoqda. Uning birinchi turmushi Ed Flanders bilan boʻlgan. Geerning hozirgi eridan Megan va Willow ismli ikki nafar qiz farzandi bor. Flanderdan esa Ian Geer Flanders ismli bir nafar oʻgli bor[manba kerak].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963-yilda Geer Minneapolisdagi Tyrone Guthrie teatrining ochilish mavsumlarida Minnesota teatr kompaniyasiga qoʻshildi[3].U yerda boshqa rollar qatorida Guthrie va Bernard Shawning qoʻshma mahsuloti Saint Joan spektaklida bosh rolni oʻynadi. 1971-yilda Geer Kotch nomlida filmda bosh qahramonning vafot etgan xotini rolini oʻynadi va film davomida fleshbeklarda paydo boʻldi. Oʻsha yili u The Jimmy Stewart Showning doimiy ishtirokchisi boʻldi va mashhur Harold and Maude komediyasida yordamchi rolni ijro etdi[4].

1974-yilda ssenariysini oʻzi yozgan ikkita film Silence va Memory of Usda rol oʻynadi. Ushbu ikkala filmda ham otasi tasvirlangan. Geerning 1970-yillardagi faoliyatining qolgan qismi asosan ikkilamchi chiqishlar va televideniye uchun tayyorlangan filmlardan iborat edi. Bu vaqt ichida u Police Story, The Streets of San Francisco, Baretta, Barnaby Jones, Charlie's Angels, CHiPs kabi teleseriallar hamda Fantasy Islandning ikkita epizodida koʻrinish berdi[5].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1968 Petulia rohiba
1969 Reivers, TheThe Reivers Sally
1971 Kotch Vera Kotcher
1971 Harold and Maude Sunshine Doré
1974 Silence Barbara
1974 Memory of Us, TheThe Memory of Us Betty
1979 Over the Edge Sandra Willat
1980 On the Nickel Louise
1981 Bloody Birthday Madge
1983 Heart Like a Wheel Marianne Kalitta
1983 Something Wicked This Way Comes xonim Halloway
1985 Creator xonim Spencer
1986 Hard Traveling Norah Sloan
1987 The Wild Pair Fern Willis
1987 Big Shots Bar Waitress
1989 Satan's Princess Mary Kulik
1991 Lonely Hearts Martha
1992 Patriot Games Rose
1993 Midnight Witness Valerie
1994 Clear and Present Danger Rose
1996 Phenomenon Bonnie
1998 Odd Couple II, TheThe Odd Couple II Frances Unger Melnick
2005 Me and You and Everyone We Know Ellen
2006 Visitation, TheThe Visitation xonim Macon
2006 Gold Bracelet, TheThe Gold Bracelet xonim Hanson
2007 Man in the Chair xonim Erskine
2012 Misadventures of the Dunderheads, TheThe Misadventures of the Dunderheads Vernice
2014 House at the End of the Drive Eunice Sequoia
2018 Unlovable Nana

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Donkin, Annemarie „Peter Alsop's Kid Koncerts and Reunion“. M'Online. Qaraldi: 18-iyul 2020-yil.
  2. Breslauer, Jan.
  3. Morris, Steven Leigh.
  4. Phillips, Michael.
  5. "Sentinel TV Log: Evening: 10:00: Baretta."

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]