Elisabeth Harnois

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elisabeth Harnois
Tavalludi 1979/1980 (age 44–45)
DeytroytMichigan, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1985-yildan boshlab hozirgi kungacha

Elizabeth Harnois—amerikalik aktrisa. U aktyorlik faoliyatini besh yoshida boshlangan. Bolaligida u Disneyning „Adventurers in Wonderland“ filmida Alice rolini o‘ynagan[1][2].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harnois Michigan shtatining Detroyt shahrida tugʻilgan. Uning onasi sartarosh otasi esa kompyuter dasturchisi boʻlgan[3]. U Los-Anjelesda katta boʻlgan. Elizabeth besh farzandning eng kattasi uning toʻrt nafar ukasi bor[1][4]. U Vudlend-Xillzdagi Sent-Mel maktabida va Kaliforniyaning Moreno vodiysidagi Kanyon Springs o‘rta maktabida o‘qigan. 2001-yilda Uesliyan universitetini kinoshunoslik bo‘yicha tamomlagan[1][2].

Aktyorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harnois besh yoshida ikkita filmda rol oʻynagan: " One Magic Christmas „ va “Where are Children?"[1][2]. U Hallmark „Timeless Tales“ filmida Emili rolini ijro etgunga qadar koʻplab reklama roliklarida suratga tushgan. 1992-yilda Disney Channel "Adventures in Wonderland" filmidagi Alice rolini oʻynagan[1][2]. 2005-yilda u qisqa muddatli oʻsmirlar uchun suratga olingan " Point Pleasant " qoʻrqinchli drama filmida Kristina Nikson rolini oʻynadi[5].

2011-yil may oyida Harnois uzoq vaqtdan beri suratga olinayotgan CBS politsiya protsessual dramasi CSI: Crime Scene Investigation serialining 11-mavsum, 21-qismida LAPD ilmiy tergov boʻlimining CSI xodimi Morgan Brodi rolini oʻynagan. Oʻsha yilning sentyabr oyida, „73 soniya“ deb nomlangan oʻn ikkinchi mavsum premyerasi efirga uzatilgan. Harnois oʻn ikkinchi mavsumning asosiy aktyorlari tarkibga qoʻshildi. Harnois serialdagi faoliyatini 2015-yil sentyabr oyida efirga uzatilgan " Immortality " epizodi bilan yakunlagan[6].

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harnois 1987-yilda "One Magic Christmas " filmida rol oʻynaganidan keyin, komediya yoki dramada rol oʻynagan yosh aktrisaning eng yaxshi ijrosi uchun beriladigan „ Yosh rassom“ mukofotini qoʻlga kiritdi. 1988-yilda " Highway to Heaven " seriali „Manʼs Best Friend“ epizodidagi roli uchun „Eng yaxshi yosh aktrisa“ mukofotiga nomzod boʻlgan. U xuddi shu mukofotni 1993-yilda "Adventurers in Wonderland " filmidagi roli uchun qo‘lga kiritgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1985 yil One Magic Christmas Abbi Greynger
1986 yil Where Are the Children Missi Eldrij
1999 yil Façade Kate
2002 yil Swimming Upstrean Julie Sutton
2005 yil Strangers with Candy Monika
2005 yil Chiroyli ishontirish Brittany
2007 yil The Inch Hero Piper
2008 yil Solstice Megan / Sofi
2008 yil Keyt Natali Anderson
2008 yil Chaos Theory Jessi Allen
2009 yil Single Man, AA Single Man Yosh ayol
2011 yil Mars Needs Moms Ki Ovozli rol
2011 yil Bad Meat Rose Parker
2011 yil Dog Hate Cat Katie Pride Qisqa film
2013 yil Riddle Xolli Teller
2018 Work Wife, TheThe Work Wife Liza
2018 Skin in the Game Sharon

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Notes
1987 Highway to Heaven Jenny Raines
1987 Beauty and the Beast Little Girl
1988-1990 Fantastic Max Zoe Young
1989 Judith Krantz’s Till We Meet Again Young Freddy
1990 Timeless Tales from Hallmark Emily Bosh rol
1990 Midnight Patrol: Adventures in the Dream Zone Rosie Ovozli rol
1992-1995 Adventures in Wonderland Alice
1993 Fresh Prince of Bel-Air, TheThe Fresh Prince of Bel-Air Steffi
1995 Client, TheThe Client Leigh-Ann
1995 Boy Meets World Missy Robinson
1995-1996 Unhappily Ever After Patty McGurk
1997 Brotherly Love Carly
1998 Warlord: Battle for the Galaxy, TheThe Warlord: Battle for the Galaxy Maggi Sorenson
1998 My Date with the Presidentʼs Daughter Hallie Richmond
1999 Two Guys and a Girl Translator
2000 Charmed Brooke
2000-2001 All My Children Sarah Livingston
2005 Criminal Minds Trish Davenport / Cheryl Davenport
2005-2006 Point Pleasant Christina Nickson
2006 CSI: Miami Jill Gerard
2006-2007 One Tree Hill Shelley Simon
2007 Cold Case Janey Davis (1963)
2008 Dirt Milan Carlton
2008 Without a Trace Erin MacNeil / Erin McMillan
2008-2009 90210 The Blonde Blended
2010 Miami Medical Dr. Serena Warren Bosh rol
2011-2015 CSI: Crime Scene Investigation Morgan Brody Bosh rol
2014 Christmas Kiss II, AA Christmas Kiss II Jenna
2017 My Baby Is Gone! Emily Jones
2018 Psycho Ex-Girlfriend Kara Spencer
2018 Christmas Cupid’s Arrow Holly Willinger

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Elisabeth Harnois – Filmbug“. Filmbug. Qaraldi: 29-avgust 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Elisabeth Harnois – Biography“. TV Guide. Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.
  3. „Script: Queen Elisabeth - CBS.com“. CBS. Qaraldi: 15-dekabr 2018-yil.
  4. „Bio at Yahoo Movies“. Movies.yahoo.com (20-aprel 2011-yil). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2012-yil.
  5. Devine. „Point Pleasant“. PopMatters (31-yanvar 2005-yil).
  6. „CSI Cast“. CBS.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]