Elektronlar difraksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektronlar difraksiyasi — elektronlarning kristallarda yoki suyuqlik va gaz molekulalarida elastik sochilishi. Bunda elektronlarning birlamchi dastasidan maʼlum burchaklarga ogʻdirilgan qoʻshimcha dastalar hosil boʻladi. Bunday dastalarning boshlangʻich yoʻnalishdan ogʻish burchaklari va intensivligi sochuvchi moddaning strukturasiga bogʻliq. Amerikalik fiziklar K.Devisson va L. Jermer kristall plastinkada sochilayotgan elektronlarning difraksiyalanishini tajribada kuzatib kashf etdilar (1927); bu bilan Lui deBroylning zarralarning toʻlqin xossalari haqidagi gipotezasi eksperimental tasdiqlandi (qarang De Broyl toʻlkini). Elektronlar difraksiyasi elementar zarralar, xususan, elektronlar oqimi ham yorugʻlik kabi toʻlqin tabiatga ega ekanligini isbotlaydi. Elektronlar difraksiyasi (elektronogramma) jism tuzilishini oʻrganishda qulay usul hisoblanadi (qarang Elektronografiya). Plastinkaning yupqa sirt qatlamida roʻy beradigan oksidlanish, kristallanish, toblanish jarayonlari, polimerlarning tuzilishi va boshqalar shu usul bilan aniqlanadi. Neytronlar difraksiyasi yordamida qattiq jismlarning qristall tuzilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, jismlarning magnit xususiyatlarini oʻrganish mumkin. Monoxromatik neytronlar olishda, neytronlar spektrografiyasida va jism tuzilishini oʻrganishda neytronlar difraksiyasi tatbiq qilinadi (qarang Neytronografiya).