Kontent qismiga oʻtish

Elektr oʻtkazgichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektr oʻtkazgichlar — elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik boʻlgan moddalar. Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014—1022omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi. Elektr oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi.