Elbayon bekati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Elbayon (Shoʻrchi tumani)dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Elbayon bekati — Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi shaharcha. Tuman markazi (Shoʻrchi shahri)dan 5 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Shoʻrchi (3 km). Aholisi 4,9 ming kishi (2003). Xoʻjaliklari va aholisi Qumqoʻrgʻon kanalidan suv oladi. Umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, madaniyat uyi, klub muassasasi, kutubxona, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.