Haydalma yer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ekin yerdan yoʻnaltirildi)

Haydalma yer, ekin yer — muntazam haydaladigan va foydalaniladigan, odatda turli ekinlar ekiladigan qishloq xoʻjaligi yerlari (qarang Yer fondi). Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Haydalma yer doimiy sugʻoriladigan, shartli sugʻoriladigan va lalmikor yerlarga boʻlinadi. Doimiy sugoriladigan Haydalma yer da ekinning suvga talabi vegetatsiya mobaynida toʻla taʼminlanadi. Shartli sugoriladigan Haydalma yerda oʻsimliklarning suvga boʻlgan talabi qisman (70% gacha) qondiriladi. Lalmikor yerlar yogʻinlardangina taʼminlanadi. Oʻzbekistonda suv taʼminotining yaxshilanishi va yerlarni oʻzlashtirish hisobiga sugʻoriladigan Haydalma yerlar maydoni ortib, shartli sugʻoriladigan hamda lalmikor yerlar maydoni kamayib bormoqda. Sugʻoriladigan Haydalma yer partov, foydalanilmaydigan va boshqa yerlarni oʻzlashtirish hisobiga ham koʻpaydi. Turli maqsadlar, ayniqsa, qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun qishloq xoʻjaligi yerlaridan yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi (1998, 30-aprel) bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston Respublikasida jami qishloq xoʻjaligi yerlari 26753,6 ming ga, shundan Haydalma yer maydoni 4056,6 ming ga ni tashkil etadi (2005). 2004-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda qishloq xoʻjaligi ekinlari 33691,5 ming ga maydonga ekildi.