Efthymis Koulouris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Efthymis Koulouris
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-mart 1996-yil (1996-03-06) (28 yosh)
Tavallud joyi Skydra, Gretsiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
LASK
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2013 PAOK Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 PAOK FC 55 (9)
2015—2016 → Anorthosis Famagusta FC (ijara) 22 (6)
2018—2019 → Atromitos (ijara) 28 (19)
2019—2021 Toulouse 32 (4)
2021—2022 Atromitos 32 (14)
2022— LASK 13 (1)
Milliy terma jamoa
2011 Gretsiya U17 8 (3)
2012 Gretsiya U18 4 (1)
2013—2015 Gretsiya U19 22 (4)
2016—2018 Gretsiya U21 18 (7)
2018— Gretsiya 18 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-oktyabr uchun)

Efthymis Koulouris (talaffuzi: Eftimis Koulouris; 1996-yil 6-martda Gretsiyada tugʻilgan) — yunon futbolchisi, „Toulouse“ futbol klubi va Gretsiya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koulouris „PAOK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 13-fevral kuni Gretsiya kubogi doirasida „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Efthymis asosiy tarkibda debyut qilgan[1]. 16-fevral kuni „Asteras Tripolis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qilgan[2]. 30-mart kuni „Kalloni“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Kourulis „PAOK“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[3].

2015-yilning yozida Efthymis ijara asosida oʻynash uchun, Kiprning „Anorthosis“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 28-sentyabr kuni „Doxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kipr chempionatida debyut qilgan[4]. 1-noyabr kuni „Pafos“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Kurulis „Anorthosis“ futbol klubi safida ilk golini urgan[5]. Ijara muddati tugagach, u „PAOK“ futbol klubiga qaytgan.

2017-yilda Kurulis klubga Gretsiya kubogini yutishda yordam bergan.

2021-yil 22 iyunda, u „Tuluza“ futbol klubi tomonidan transferga qaytgach, u ikki yillik shartnoma tuzib avvalgi klubi „Atromitos“ futbol klubiga qaytgan. 2021-yil 21-noyabr kuni „Atromitos“ raqibi „PAOK“ futbol klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Koulouris 45-daqiqada Xuan Munizning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada penaltidan gol urgan. Bu bahsda futbolchi oʻyinning eng yaxshi odami deb topilgan. 2021-yil 4-dekabrda u „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, klubning quyi ligaga tushib ketmaslik uchun urinishlarida muhim g‘alabaga erishgan. 2021-yil 10-fevralda u „Lamia“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dublga erishgan. 2022-yilning 28-fevralida „Apollon Smyrnis“ga qarshi safar oʻyinida yana dubl qayd etgan. Bir hafta oʻtgach, „Volos“ futbol klubiga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida boshi bilan gol urgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Kurulis Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ukraina, Fransiya, Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
PAOK 2013—2014 9 1 2 2 11 3
2014—2015 14 0 1 0 15 0
2015—2016 4 0 4 0
2016—2017 19 5 7 1 6 0 32 6
2017—2018 13 3 7 2 4 0 21 5
Jami 55 9 17 5 11 0 83 14
Anorthosis (ijara) 2015—2016 21 6 4 7 25 13
Atromitos (ijara) 2018—2019 28 19 5 5 2 1 35 25
Toulouse 2019—2020 24 4 1 0 1 0 25 4
2020—2021 8 0 5 0 13 0
Jami 32 4 6 0 1 0 39 4
Atromitos 2021—2022 32 14 1 0 33 14
Umumiy faoliyatida 167 52 33 17 1 0 13 1 216 70

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Аполлон Смирнис VS. ПАОК 0:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 13-fevral). 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  2. „Астерас VS. ПАОК 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 16-fevral). 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  3. „ПАОК VS. Каллони 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 30-mart). 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  4. „Анортосис VS. Докса Катокопиас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 28-sentyabr). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  5. „Пафос VS. Анортосис 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-noyabr). 2016-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  6. „Греция (до 19) VS. Украина (до 19) 2:0“ (en). soccerway.com (2015—07—06). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  7. „Франция (до 19) VS. Греция (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2015—07—12). 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
  8. „Россия (до 19) VS. Греция (до 19) 4:0“ (en). soccerway.com (2015—07—16). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.