Efiopiya-Eritreya tinchlik shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efiopiya-Eritreya tinchlik shartnomasi 2018-yil 9-iyulda Asmara sammitida imzolangan shartnoma. Shartnoma Efiopiya va Eritreya oʻrtasida 20 yil oldin boshlangan urushga yakun yasadi. Efiopiya va Eritreya oʻrtasidagi jangovar harakatlar 2000-yilda tugatilgan boʻlsa-da, hududiy kelishmovchiliklar tufayli davlatlar harbiy toʻqnashuv[1] holatida qoldi.

Shartnomani Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Ali va Eritreya prezidenti Isayas Afeverki[2] imzoladilar.

Avvalroq Efiopiya va Eritreya rahbarlari mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olishgan edi. Eritreya Axborot vaziri deklaratsiyaning imzolanishi ikki davlat oʻrtasidagi urush holatining tugashini anglatishini, mamlakatlar siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va xavfsizlik[3] sohalarida hamkorlik qilishga kelishib olganini aytgan.

Abiy Ahmad Ali tinchlik shartnomasini imzolagani uchun 2019-yilgi Nobel tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. gordonua.com Эфиопия и Эритрея спустя 20 лет после начала войны заключили мирный договор
  2. „Эфиопия и Эритрея заключили мирный договор“. аиф.
  3. РИА Новости Конец войне: Эфиопия и Эритрея подписали мирный договор