Eʼtibor Jalilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eʼtibor Jalilova
Tavalludi 1924-yil 15-mart
Vafoti 1983-yil 22-iyun
Toshkent
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa,
Unvoni

Eʼtibor Jalilova (1924-yil 15-mart, Andijon — 1983-yil 22-iyun, Toshkent) — oʻzbek aktrisasi va qo`shiqchi. Oʻzbekiston xalq artisti (1964).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eʼtibor Jalilova 1924-yili 15-martda Andijon shahrida sanʼatkor Toʻxtasin Jalilov oilasida dunyoga kelgan. Sanʼat sirlarini otasi hamda Oʻzbekiston xalq artistlari boʻlgan ukalari Xolxoʻja Toʻxtasinov va Salohiddin Toʻxtasinovdan oʻrgangan[1].

1940—1941-yillarda Moskva konservatoriyasi qoshida ochilgan oʻzbek opera studiyasida taʼlim olgan. Eʼtibor Jalilova 1944-yili Toshkent konservatoriyasida tahsil olgan. 1941-yilda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali drama va komediya teatrida mehnat faoliyatini aktrisalikdan boshlagan. Eʼtibor Jalilova aktrisalik bilan birga qoʻshiqchilik bilan ham shugʻullangan. Aktrisalik va xonandalik isteʼdodi mahalliy mualliflarning musiqali drama va komediyalarida, oʻzbekchaga tarjima qilingan asarlarda — estetik tugal, realistik chuqur, usluban toʻliq va ishonarli sahna harakterlari yaratishiga imkon bergan. Rollari samimiy, joʻshqin, romantik va yuksakligi bilan ajralib turadi. Eʼtibor Jalilova har spektakllarda bir obrazni tabiiy ifoda etgan va aktrisa ijrosidagi rollari yuqori badiiy saviyaga koʻtarilgan. S. Ulugʻzodaning „Gavhari shamchiroq“ asarida Xadicha, Nurxon Jalilova „Nurxon“ spektaklida Nurxon, „Tohir va Zuhra“ spektaklida Zuhra, „Muqimiy“ spektaklida Obida, „Guli siyoh“ dramasida Bibi, „Ravshan va Zulxumor“da Zulxumor, Hamzaning „Paranji sirlari“ spektaklida Xolisxon, Z. Fatxullaning „Kumush toʻy“ spektaklida Fazilat, Hamid Gʻulomning „Ajab savdolar“ asarida Ozoda, Z.Fatxullaning yana bir „Gʻunchalar spektaklida“ Nigor kabi obrazlarda rol ijro qilgan.

Eʼtibor Jalilova turli-xil spektakllarda turmush oʻrtogʻi Oʻzbekiston xalq artisti Mahmudjon Gʻafurov bilan birga bosh rollarni ijro etgan.

Eʼtibor Jalilovaning koʻzga koʻringan rollariga „Arshin mol olon“ spektaklidagi Gulchehra, „Oltin kul“ spektaklidagi Shohista, „Farhod va Shirin“da Shirin, „Qoʻzibuloq qishlogʻi“ asarida Laurensiya va boshqalar kiradi. Uning ijrosidagi „Oftobxon“dagi Oftobxon, „Nurxon“ spektaklidagi Nurxon, „Kumush tuy“, „Gʻunchalar“ asarlaridagi Fazilat va Nigor obrazlari teran psixologik harakterlar namunasidir[2].

Eʼtibor Jalilova 1938-yil 29-iyun kuni Toshkentda vafot etgan.

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eʼtibor Jalilova 1964-yiliOʻzbekiston xalq artisti“ unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226 bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. 13-iyun 2023-yilda qaraldi. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil