Dzeta Aravakash yulduz tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dzeta Aravakash yulduz tizimi (ζ Aur/ζ Aurigae) — Aravakash yulduz turkumidagi tutilayotgan qoʻshaloq yulduz. Uning bir qancha tarixiy nomlari bor:  

  • Xedus I , Xaedus I lotinchadan „uloqcha“[1] deb tarjima qilinadi , chunki qadim zamonlarda Echki uloqchalari bilan katasterizmiga kirgan.  
  • Sadatoni, Saklateni arabchadan الساعد الثاني as-sācid aθ-θānī  „ikkinchi qoʻl (Aravakashning)“. Bu nom birinchi marta Alfons jadvallarida paydo boʻlgan va shuning uchun Aravakashning beta[2] yulduz turkumi bilan adashtirishgan.

Koʻrinadigan diapazonga koʻra, Xedus Quyoshdan 1700 marta yorqinroq porlaydi biroq, spektral tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Xedus bitta emas, balki qoʻshaloq yulduzdir, toʻq sariq rangli yorqin spektral K4 gigantini va issiq koʻk-oq asosiy ketma-ketlik yulduzidan B5dan iborat boʻlib, ular bir-birini atrofini 972,183 kun ichida (2,66 yilda) aylanadi.). Aylanish natijasida yulduzlar tutilishi sodir boʻladi. Har 2,66 yilda kichikroq, ammo yorqinroq B tipidagi yulduz kattaroq, sovuqroq K tipidagi yulduz orqasida butunlay koʻrinmay qoladi. Tutilishlar natijasida koʻrinadigan kattalik taxminan 15 foizga kamayadi[3].

Tutilish va yulduzlarning tezligini tahlil qilish ularning hayotining tafsilotlarini ochib beradi. Bir biridan oʻrtacha 4,2 a.e masofada joylashib, yaʼni yulduzlar bir-birining atrofida elliptik orbita boʻylab aylanadi, bunda bir-biridan 5,9 a.e ga uzoqlashadi soʻngra 2,5 a.e yaqinlashadi. K spektrli yulduzning massasi Quyoshnikidan 5,8 marta katta, radiusi Quyoshnikidan 148 marta (yaʼni Venera orbitasining oʻlchami), harorati 3950 K ga va yorqinligi 4800 quyosh yorugʻliligiga teng. B spektrli yulduzning massasi Quyoshnikidan 4,8 marta, radiusi quyoshnikidan 4,5 marta katta, harorati 15300 K, yorqinligi esa 1000 marta  katta. 5800 Quyosh tizimining bolometrik yorqinligi vizual yorugʻlikdan kattaroqdir, chunki B spektrli yulduz oʻz nurlanishining katta qismini ultrabinafsha nurida tarqatadi, K spektrli yulduz esa infraqizil nurida chiqaradi. Yulduzlar evolyutsiyasi nazariyasiga koʻra,  bu juftlik 80 million yil oldin paydo  boʻlgan. Har bir yulduz oxir-oqibat massiv oq karlikga aylanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Richard Hinckley Allen. „Auriga, the Charioteer or Wagoner“,. Star Names — Their Lore and Meaning, 1899. (Inglizcha)
  2. Hoedus I na constellationsofwords.com(ingl.)
  3. 3,0 3,1 Haedus I (Stars, Jim Kaler)(ingl.)