Dyevyatiy val

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻqqizinchi toʻlqin
: '
Rassom Ivan Ayvazovskiy
Yil 1850
Oqim Moy bo'yoq tasviri
Joylashuvi Rossiya davlat muzeyi, Sankt-Peterburg

Dyevyatiy val (ruscha: Девятый вал) — 1850-yilda rus-arman dengiz rassomi Ivan Ayvazovskiy tomonidan chizilgan kartina. Kartina rassomning eng mashhur sanʼat asarlaridan biri sanaladi[1][2].

Asar sarlavhasi ketma-ket keladigan kichik toʻlqinlar ketidan keladigan aql bovar qilmaydigan toʻlqin kelishini anglatuvchi dengizchilarni eski iborasiga ishora qiladi[3].

Kartinada tungi boʻrondan soʻng dengiz va halokatga uchragan kema qoldiqlariga yopishib tirik qolish uchun kurashayotgan odamlarning oʻlimga duchor boʻlayotganligi tasvirlangan. Xoch shaklidagi qoldiqlar yerdagi gunohlar uchun najot faqat nasroniy degan metafora kabi koʻrinadi. Rasmda iliqlik mavjud boʻlib, ushbu iliqlik dengizdagi qoʻrqinchli toʻlqinlarni kamaytirib, insonlar tirik qolishi uchun imkoniyat mavjuddek koʻrsatadi. Ushbu kartina tabiatning ham xavfli ham chiroyli ekanligini tasvirlab keladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Ninth Wave“. Hermitage Museum. 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  2. „Aivazovsky, I. K. The Ninth Wave. 1850“. Auburn University. — „Detail from "The Ninth Wave" "The Ninth Wave," painted in 1850, is Aivazovsky's most famous work and is an archetypal image for the artist.“. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  3. Debating Globalization and the Ninth Wave

tasviriy sanʻat