Duxiyev daromad uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qurilish yili

Duxiyev daromad uyi — Shimoliy Osetiyaning Vladikavkaz shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Rossiyaning aniqlangan madaniy meros obyekti va Shimoliy Osetiyaning madaniy merosi[1]. U shaharning tarixiy markazida, Tamayev koʻchasi, 21-uyda joylashgan.

Ikki qavatli Art Nouveau — modern uslubida barpo qilingan bino 1912-yilda shahar meʼmori E. I. Deskubes loyihasi asosida qurilgan[2]. Xonadonlar oʻrta daromadli fuqarolarga ijaraga berishga moʻljallangan edi. Ularda minimal kommunal qulayliklar mavjud edi. Hojatxonalar hovlida joylashgan boʻlib, u quduq koʻrinishida boʻlgan.

Hozirda bino turar-joy hisoblanadi.

Meʼmorchiligi

Uyning rejasi keskin nishabli murakkab yerda ishlab chiqilgan. Meʼmor oʻsha paytdagi vaziyatdan unumli foydalanib, yertoʻlada qoʻshimcha turar-joylar yaratdi.

Binoning poydevori tabiiy toshdan yasalgan. Dastlab qizil tusli tosh bilan qoplab chiqilgan devorlar keyinchalik ohak bilan boʻyalgan. Fasad devorlarida Art Nouveau — modern uslubiga xos boʻlgan vertikal chiziqlar mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Торчинов В. А.. Владикавказ : Краткий историко-краеведческий справочник. Владикавказ: Северо-Осетинский научный центр, 1999 — 142 bet. ISBN 5-93000-005-0. 
  • Цаллагов С. Ф.. Владикавказ — летопись в камне. Владикавказ: Веста, 2008.