Durang natija

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Durang natija — musobaqa boʻlib oʻtgan deb hisoblangan, biroq gʻolib aniqlanmagan sport turniri yoki sport oʻyinidagi natija. Durang natija shartlari sport qoidalari asosida belgilanadi va maʼlum bir turnir qoidalari bilan toʻldirilishi mumkin. Sport qoidalariga koʻra mumkin boʻlgan durang natija baʼzi holatlarda, aksincha, turnir qoidalari bilan cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.

Durang natijaning qabul qilinish shartlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Durang natija quyidagi holatlardan birida berilishi yoki kelishilgan boʻlishi mumkin:

  • Ikkala tomon gʻalaba shartini bir vaqtning oʻzida bajarishi yoki boy berishi sababli. Durang natijaning asosiy va qulay variantiga eng yaxshi misol „Ochko“ karta oʻyini boʻlib, bunda oʻyin qayta tashkil etilgan paytida, shuningdek, ikkala jamoa teng tartibda uchrrashuvlar oʻtkazib, 21 ochko toʻplaganida oʻyin ishtirokchilari shunchaki oʻz oʻrinida qoladi.
  • Oʻyin davomida raqib jamoa tomonidan kiritilgan gollar yoki ochkolar nisbati teng boʻlgan taqdirda, gʻolib keyingi uchrashuvlarda kim koʻp yoki kamroq ochko toʻplaganiga qarab aniqlanadi. Bunday holatlarni futbol va xokkeyda kuzatish mumkin.
  • Oʻyin uchun ajratilgan vaqt yoki harakatlardan keyin gʻalaba qozonish uchun boshqa shartlar qolmagan taqdirda, toʻliq gʻalaba yoki muayyan vazifani bajarishdan tashqari oʻyin davomida toʻplangan ochkolar nisbati oʻyin natijasiga hech qanday taʼsir oʻtkazmaydi, aksincha, baʼzan ular [ochkolar] hisoblanmaydi ham. Bu holat koʻpincha videooʻyinlar va airsoft yoki peyntbol singari taktik jamoaviy oʻyinlarda uchraydi.
  • Uchrashuvda ikki oʻyinchining oʻzaro kelishuvi natijasida bir oʻyinchi oʻyin holatini baholab, raqibiga durangni taklif qilishi va qarshi tomon buni qabul qilishi mumkin. Durang natijaning ushbu variantini aksariyat holatlarda mantiqiy oʻyinlar, jumladan, shaxmatda kuzatamiz.
  • Oʻyin mobaynida magʻlub boʻlayotgan oʻyinchi raqibini yenga olmasa ham, magʻlubiyatini tan olmasdan, oʻyinni imkon qadar atayin uzoqroq muddatga choʻzishi, oʻyin qoidalarida ruxsat etilgan yoʻllar bilan magʻlubiyatdan qochib, raqibiga durangni taklif qilishi mumkin. Oʻyinda ustunlikni qoʻlga kiritayotgan oʻyinchi esa bu holatga qarshilik qila olmaydi. Masalan, shaxmatda bunday holat muntazam shohni taqib etish tufayli sodir boʻladi, bu esa pozitsiyaning uch marta takrorlanishiga yoki piyodalarni harakatlantirmasdan va donalarni qoʻlga kiritmasdan oʻyinda 50 tagacha yurishga olib keladi.
  • Shuningdek, ikki tomonda ham nazariy jihatdan gʻalaba qozonish imkonsiz boʻlganda durang natija qayd etiladi. Masalan, shaxmatda oʻyin maydonida faqat ikkita shoh qolganda yuqoridagi holat yuzaga keladi.
  • Uchrashuvda gʻolibni aniqlashning iloji yoʻqligi sababli ham hakam tomonidan durang natija tayinlanishi mumkin. Masalan, ilgarilari sumoda hakamlar jamoasi jang gʻolibini aniqlay olmasa, durang natija eʼlon qilingan. Bundan tashqari, ikki chavandoz bir vaqtning oʻzida marra chizigʻini kesib oʻtganda, shuningdek avto va motosportda ilgari yuqori tezlikda oʻlchovchi kameralar oʻrnatilgunga qadar xuddi shunday muammoga duch kelingan.
  • Bu maʼlum bir oʻyin uchun oʻziga xos pozitsiyalar tufayli yuzaga kelishi mumkin, uning qoidalari bu holatda durangni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi eng yorqin misol shaxmatdagi pat holatidir.
  • Baʼzi bir texnik sabablarga koʻra oʻyin toʻxtatilganda va takroriy oʻyin mumkin boʻlmaganda beriladi.
  • Ikkala ishtirokchi ham oʻyinga kelmasa, texnik durang qayd etiladi.

Durang natija qayd etilishi mumkin boʻlmagan oʻyinlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi sport turlarida durang natija texnik jihatdan inkor etiladi. Bular:

  • Voleybolda maʼlum miqdordagi ochkoni birinchi boʻlib toʻplagan tomon gʻolib deb eʼlon qilinadi.
  • Go va chang oʻyin qoidalariga koʻra durang natijani qayd etmaslik uchun tomonlardan biriga dastlab kichik hisobdagi bir nechta ochko beriladi.
  • Harbiy va taktik oʻyinlarda hujum natijasi durang bilan tugasa, gʻalaba himoya chizigʻi kuchli tashkillashtirilgan tomonga beriladi.
  • Poyga musobaqalarida durang natijaning oldini olish maqsadida poygachining poyga yoʻlagini kesib oʻtgan vaqti soniyaning oʻn mingdan bir qismi aniqligi bilan belgilaydigan zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan uskunalar bilan kuzatiladi.

Durang natijani sunʼiy ravishda bekor qilish.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim musobaqalarda koʻp holatda oʻyin durang bilan tugashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Vaholanki, durang nazariy jihatdan taqiqlanmagan boʻlsa ham. Bunday musobaqalarda durang natijaning mavjudligi turnir ishtirokchilari tomonidan toʻplangan ochkolarni hisoblash mexanizmini murakkablashtiradi hamda turnirda bir nechta ishtirokchilarning bir xil miqdordagi ochko toʻplash ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri yoki soʻzsiz kelishuv asosida raqiblar „durang uchun“ oʻynaydigan belgilangan oʻyinlar ham boʻladi. Bunday holat mavjud turnir holatiga koʻra, durang ikkala raqibga ham mos kelganda sodir boʻladi.

Yuqoridagi holatga yorqin misol Shveytsariya tizimi boʻyicha oʻtkaziladigan intellektual oʻyinlardagi turnirlar boʻlib, unda gʻalaba yoki magʻlubiyat darhol ishtirokchini turnir jadvalida sezilarli darajada koʻtaradi yoki pasaytiradi, durang esa pozitsiyani saqlab qolish imkonini beradi. Bu kuchli oʻyinchilarni „passiv“ taktikaga undaydi. Kuchlar nisbati oʻzaro teng boʻlgan holatlarda raqiblar gʻalaba qozonish uchun oʻynashdan koʻra, „ochko ishlab olish“ maqsadida durangni maʼqul koʻrishadi. Bu kabi oʻyinlarda asosan, tomosha reytingi sezilarli darajada pastlab ketadi. Kuchli ishtirokchilar oʻrtasidagi qiziqarli keskin bahslar oʻrniga tomoshabinlar har ikki tomonning oʻta ehtiyotkor, himoyalangan, qiziqarli voqea-hodisalarga boy boʻlmagan sunʼiy oʻyinni koʻrishga majbur boʻladi. Kuchlilar partiyasidagi „Grossmeysterlar durangi“ bunga misol boʻla oladi.

Ushbu sabablarga koʻra, koʻpincha durangni mutlaqo taqiqlovchi yoki oʻyinchilarni durangga yoʻl qoʻymaslik uchun faol choralar koʻrishga undaydigan turnir qoidalari qoʻllaniladi. Bular:

  • Gʻalaba uchun berilgan ochkolar sonini koʻpaytirish. Bu oʻyin taqdirida tenglikni istisno etmaydi, biroq oʻz-oʻzidan gʻolibga koʻproq ustunlik beradi va shu bilan oʻyinchilarning faolligini ragʻbatlantiradi. Chunki magʻlubiyat yoki durangga qaraganda gʻolib tomonda manfaat yuqori boʻladi.
  • Har ikki tomonning magʻlubiyatini durangga tenglashtirish.
  • Durang cheklovi: ishtirokchi turnirda maʼlum miqdorda durang oʻynaganidan soʻng (odatiy qoidalarga koʻra), har bir keyingi durang uchun u magʻlubiyatga tenglashtirilgan ochko oladi.
  • Tomonlarning kelishuvi boʻyicha durang oʻtkazish imkoniyatini cheklash. Bunday holda, durang printsipial jihatdan mumkin boʻlib, magʻlubiyatga tenglashtirilmaydi, lekin uni kelishib olish imkoniyatini inkor qilish uchun unga erishish sunʼiy ravishda qiyinlashadi (masalan, agar hakam oʻyindagi pozitsiya durang boʻlishiga rozi boʻlmasa, oʻyinchilar durang natijaga erisha olmaydi).

Shuningdek, oʻyinda durang natijani oldini olish maqsadida asosiy qoidalarga quyidagi tartibda qoʻshimchalar ham kiritilishi mumkin:

  • Qoʻshimcha oʻyin vaqti („Overtaym“), shu jumladan birinchi gol („Oltin gol“) gacha yoki qoʻshimcha boʻlimlardan birining oxirida teng boʻlmagan hisob („Kumush gol“) gacha oʻyinni davom ettirish.
  • Oʻyinning qoʻshimcha raundini („Tay-breyk“) maxsus qoidalari boʻyicha maʼlum natijaga (durang boʻlmagan) erishilgunga qadar oʻtkazish. Masalan, shaxmatda qoʻshimcha blits-partiya oʻynash mumkin. Unda ranglar qur’a asosida tanlanadi, oq rangga olti daqiqa, qora rangga besh daqiqa beriladi. Durang vaziyat yuzaga kelsa, gʻalaba qora rangga beriladi.
  • Oʻyinni chegaralanmagan vaqt davomida teng miqdordagi urinishlar bilan birinchi hisob ochilgunga qadar davom ettirish. Bunga yorqin misol — futboldagi oʻyindan keyingi penaltilar seriyasi va xokkeydagi bullit.
  • Gʻalabaga olib kelmaydigan, lekin asosiy koʻrsatkich boʻyicha durang boʻlgan taqdirda gʻolibni aniqlaydigan maʼlum ochko yoki resurslarni hisoblash. Eng keng tarqalgan misol — omon qolgan qismlar yoki jangovar raqamlarni hisoblash. Yana bir misol pokerdagi kiker holati boʻlib, bunda karta yutuqli kombinatsiyani shakllantirishda ishtirok etmaydi, biroq kombinatsiyalar bir xil boʻlsa, gʻolibni tajribasiga koʻra aniqlaydi.
  • Qayta oʻynash.
  • Lot. Durang natijani oldini olishning ushbu usulini qoʻllash natijasida 1968-yilgi futbol boʻyicha oʻtkazilgan Yevropa chempionatining yarim finalida SSSR terma jamoasi final oʻyinida ishtirok etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Толковый словарь Ожегова. С. И. Ожегов, Н. Ю. Шведова. 1949—1992.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]