Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin
Asl nomi Daha Adil Bir Dünya Mümkün
Muallif(lar) Recep Tayyip Erdoğan
Tarjimon(lar) Maʼrufjon Yoʻldoshev
Abdumurod Tilavov
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til Turkcha, Inglizcha, Arabcha, Nemischa, Fransuzcha, Ruscha, Ispancha, O'zbekcha
Nashr etilgan sanasi 2021
Nashriyot Yangi asr avlodi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 25.02.2022
Sahifalar soni 191

„Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin“ (turkcha: Daha Adil Bir Dünya Mümkün) Recep Tayyip Erdoğan qalamiga mansub yetti tilda nashr etilgan kitobdir.[1]

Mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyo 5 dan katta degan falsafa bilan yoʻlga qoʻyilgan kitobda dunyo kelajagiga taʼsir qiladigan sohalarni faqat besh davlatning ixtiyoriga topshirish toʻgʻri emasligi taʼkidlangan. Kitob barqaror va adolatli dunyo uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining vazifalariga toʻxtalib oʻtadi.

Kitobda; Adolatsizlik, korruptsiya, qochqinlar inqirozi, dunyoning Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqealarga tomoshabinlik bilan qarashi, xalqaro terrorizm va islomofobiya kabi global muammolar koʻrib chiqiladi.[2]

Mazkur kitob „Yangi asr avlodi“ nashriyoti tamonidan oʻzbek tiliga „Dunyo yanada odil boʻlishi mumkin“ nomi bilan 2000 nusxada chop etilgan.[3][4][5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]