Dun Van elchiligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dun Van elchiligi — Dun Van elchiligi haqida Bey shi (Shimoliy xonadonlar tarixi) manbasida keltirib oʻtiladi. Bey shining 97 boʻlimi „Usun davlati haqida qisqacha maʼlumot“ deb nomlangan. Ushbu boʻlimida imperator Minyuan-di (409—423) davrida gʻarbiy oʻlkalardjan bir necha bora elchi kelganligi, ammo, javob elchiligi boʻlmaganligi, imperator Tayu-di (424—452) davrida, Tay-yan erasi boshqaruvi davri uchinchi yili (437—438) Dun Van elchi sifatida gʻarbiy oʻlkalarga yuborilganligi keltirib oʻtilgan. Usunlar davlatiga xitoy elchilarining yuborilishi dasht mintaqasida jiddiy xavotirlarga sabab boʻlgan. Shu davrda jujanlar kuchaygan boʻlib, ular usunlarni janubga Pomir togʻlari tomonga siqib borganlar. Elchilikning yuborilishiga sabab sifatida Xitoyga 437-yilda Usun, Yueban, Karashar, Cheshi, soʻgʻdiyona, Kepanto, Shanshan, Fargʻona kabi mayda davlatlardan elchilar kelganligi Jujanlar ekspansiyasi kengayib borganligini koʻrsatadi[1]. Dastlab Jujanlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida yuborilgan Van Enshen (?) va Syuy Gan (?) elchiliklari jujanlar tomonidan asir olingan. Keyinroq, saroyda Shilan (Imperator maslahatchisi) lavozimida boʻlgan Dun Van va Gao Min (?)lar elchi sifatida gʻarbga yuborilgan. Dun Van boshchiligidagi bu elchilikka berilgan topshiriqqa koʻra, gʻarbiy oʻlkalarda ularni qabul qilish mumkin boʻlgan davlatlarni barchasiga tashrif buyurish lozim boʻlgan. Usun davlati hukumdori bergan maslahatga koʻra, Dun Van Fargʻona, Gao Min Chjeshe (Qadimgi Qangʻ davlati boʻlib, Fargʻona shimoliy-gʻarbida joylashgan. Hozirgi Toshkent vohasi) davlatlariga oʻtgan. Usun hukumdori elchilarni yoʻl boshlovchilar bilan taʼminlagan. Dun Van boshchiligidagi elchilik gʻarbga sayohati davomida jami oʻn oltida davlatda boʻlganlar va Xitoyga qaytish vaqtida ushbu davlatlar ham Xitoyga javob elchiligini yuborgan[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Malyavkin А.G. Tanskie xroniki o gosudarstvax Sentralnoy Аzii: Teksti i issledovaniya. Novosibirsk: Nauka, 1989 — 368 bet. 
  2. Gumilyov L.N. Xunn v Kitae: tri veka voynы Kitaya so stepnmi narodami III-VI vv. Abris, 1994 — 457 bet.