Kontent qismiga oʻtish

Doʻstlik (Surxondaryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻstlik — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Denov shahridan 12 km janubida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 3,4 ming kishi (1999). Doʻstlikda paxta tozalash zavodi, tayyorlov idoralari faoliyat kursatmoqda. Klub, kutubxona, umumiy taʼlim maktabi, tibbiyot muassasalari bor. Doʻstlikdan tuman markazi Denov shahriga avtobus qatnaydi[1].

  1. "Doʻstlik (Surxondaryo)" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil