Kontent qismiga oʻtish

Dovil pishlog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dovil (fransuzcha: Deauville)- Kalvados departamentida joylashgan xuddi shu nomdagi shahar atrofida tayyorlanadigan sigir sutidan tayyorlangan fransuz yarim yumshoq pishlogʻi.

Bu pishloq boshqa bir fransuz yumshoq pishlogʻi Pon-l’Evek ning yaqin qarindoshi boʻlib, undan shakli bilan farqlanadi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dovil pishlogʻining retsepti pishloqchi Leshevalier tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda Kalvados departamentidagi bir nechta pishloq ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi[1].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq Kalvados departamentidagi Dovil shahri yaqinida ishlab chiqariladi. Mazkur pishloqni tayyorlash uchun qisman yogʻsizlantirilgan sigir suti ishlatiladi. Pishloqning yetilishi 7 haftagacha davom etadi[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pishloq boʻlaklari disk shaklida boʻlib, diametri 12 santimetr, balandligi 4 santimetr va ogʻirligi 225 grammni tashkil qiladi. Boʻlaklar yupqa nam qobiq bilan qoplangan boʻlib, ular yetilish vaqtiga qarab toʻq sariqdan jigarranggacha boʻlishi mumkin. Qobiq ostida bir oz yopishqoq va fil suyagi rangidagi pulpalar mavjud.

Pishloq moʻtadil va muvozanatli yangi sogʻilgan sut va xamirturush hidi bilan qaymoqli taʼmga, shuningdek, fermani eslatuvchi kuchli hidga ega. Uni alohida ovqat sifatida ham isteʼmol qilish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Довиль“ (ruscha). «Сыры Франции». 2017-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2017-yil.
  2. Джульет Харбатт 2012.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]