Dongfeng eπ 008

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dongfeng eπ 008
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Dongfeng
Model yili 2024
Tasnifi
Sinfi krassover
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3,025 mm (119.1 in)
Uzunligi 5,002 mm (196.9 in)
Kengligi 1,972 mm (77.6 in)
Balandligi 1,732 mm (68.2 in)
Eksteryer
Kuzov turi Krassover
Oʻrindiqlar soni 6
Eshiklar soni 5

Dongfeng eπ 008 — Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlmish Dongfeng kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi kutilayotgan krassover. Avtomobil ham elektromobil, ham gibrid versiyasida ishlab chiqariladi[1][2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu model Dongfeng kompaniyasiga qarashli eπ subbrendi tomonidan ishlab chiqilgan yangi dizayndagi olti oʻrindiqli krossoverdir. Avtomobil 2024-yil 25-aprel kuni Pekin avtosalonida rasman namoyish etilishi kutilmoqda[2].

Dongfeng konserni 2023-yilning kuzida elektromobillar ishlab chiqarishga moʻljallangan eπ subbrendi faoliyatini boshlaydi. Ilk model sifatida eπ 007 liftbeki taqdim etildi. Keyinchalik katta oʻlchamli krossover haqida eʼlon qilinadi va eπ 008 deb nomlanadi[4].

eπ subbrendi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brenddagi harflar "e" elektr (inglizcha: electric), energiya (inglizcha: energy), kashfiyot (inglizcha: explore) va hissiyotni (inglizcha: emotion) anglatadi. "π" belgisi esa nomaʼlum narsalarni oʻrganuvchi odamlarning ilmiy ruhini aks ettiradi[5].

Texnik koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobil uzunligi 5002 mm, kengligi 1972 mm, balandligi 1732 mm, gʻildirak bazasi esa 3025 mm ga teng. Ushbu avtomobil toʻliq elektrlashgan va gibrid versiyada taqdim etiladi[2][6][3][1].

Dongfeng eπ 008 orqa oʻqqa oʻrnatilgan 200 kVt quvvatga ega elektr motor bilan jihozlanadi. Elektr versiyasini quvvati 82,28 kVt/soat boʻlgan litiy-temir-fosfat batareyasi bilan jihozlanadi hamda 636 km masofani bosib oʻta oladi. Maksimal tezligi 180 km/soat ni tashkil qiladi. Gibrid versiyada toʻrt silindrli 1,5T dvigatel mavjud boʻlib, uning maksimal quvvati 108 kVt generator sifatida ishlaydi. Gibrid versiyasida elektr quvvati yordamida avtomobil 154 km masofani bosib oʻta oladi. Barcha versiyalarning yurish masofasini xisoblashda Xitoyning CLTC siklidan foydalanadi[2][6][3][1].

Eksteryer[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dongfeng eπ 008 yorugʻlik qismi bilan birlashtirilgan tor faralar, matritsa koʻrinishidagi orqa chiroqlar va kirib turuvchi eshik tutqichlari tashqi dizaynning oʻziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Modelda 20 yoki 21 dyuymli gʻildiraklar oʻrnatilishi mumkin[6].

Interyer[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobil salonida markaziy qismida katta ekran va raqamli asboblar paneli, shuningdek, smartfonlar uchun simsiz quvvatlanish tizimi mavjud[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]