Don Smart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Don Smart
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Don Smart
Tavallud sanasi 2-dekabr 1987-yil (1987-12-02) (36 yosh)
Tavallud joyi Kingston, Yamayka
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Greenville Triumph
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 F.C. New York 12 (0)
2012 Fredericksburg Hotspur 6 (7)
2013 RVA FC 7 (9)
2014—2017 Indy Eleven 95 (10)
2018 Miami FC 2 14 (3)
2018 Fresno FC 4 (0)
2019—2020 Forward Madison 43 (9)
2021 Greenville Triumph 49 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-oktyabr uchun)

Don Smart (talaffuzi: Don Smart) (1987-yil 2-dekabrda tugʻilgan)— yamaykalik futbolchi. Don Smart hozirda USL 1-ligasida „Greenville Triumph“ futbol klubi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Don Smart shuningdek, hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynashga qodir.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Don Smart USL PRO jamoasi „F.C. New York“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Don Smart klub safidagi 2011-yilgi mavsumda 12 ta oʻyinda maydonga tushdi. Keyin Don Smart 2012-yilda USL Premyer-ligasi vakili "Fredericksburg Hotspur" futbol klubi safiga qoʻshildi. Don Smart klub safida oltita oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urishga muvaffaq boʻldi. 2013-yilda Don Smart Virginia shtatidagi NPSL klubi „RVA FC“ futbol klubi safiga qoʻshilishga qaror qildi. Don Smart „RVA FC“ klubi bilan NPSL chempionatida gʻolib chiqdi. Don Smart klub safida yettita oʻyinda maydonga tushib, toʻqqizta gol urdi[1].

Keyin Don Smart 2014-yilda „Indy Eleven“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Yamaykalik futbolchi „Indy Eleven“ futbol klubi yarim himoyasining har ikki tomonida ham maydonga tushdi. Don Smart klubdagi debyut oʻyinini „Indy Eleven“ futbol klubining „Carolina Railhawks“ futbol klubiga qarshi ilk uchrashuvida oʻtkazdi. Don Smart klubdagi ilk golini 2014-yilning 12-iyulida „Carolina“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi. Don Smart 2014-yilgi mavsumni uchta gol va uchta golli uzatma bilan yakunlagan edi[2]. Shundan soʻng, Don Smart 2015-yilgi mavsum ham xuddi shunday (uchta gol va uchta golli uzatma bilan) yakunladi.

Don Smart 2018-yilgi mavsumni Milliy Premyer liga vakili „Miami FC 2“ futbol klubi bilan oʻtkazdi va mavsum davomida yettita golli uzatmani qayd etdi[3].

2018-yil avgust oyida Don Smart Mark Pais bilan birga „Fresno FC“ futbol klubi safiga qoʻshildi[4]. Don Smart 2018-yilning 9-sentyabrida klub safida debyutini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv „Swope Park Rangers“ futbol klubining (1:0) gʻalabasi bilan tugadi[5].

2018-yil oktabr oyida Don Smart „Forward Madison“ bilan shartnoma imzoladi[6].

2020-yil 15-dekabrda Don Smart 2021-yilgi mavsum oldidan USL 1-Ligasi vakili „Greenville Triumph“ futbol klubi safiga o‘tayotgani eʼlon qilindi[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni
F. C. New York 2011-yil NPSL 12 0 1 0 - 13 0
Indy Eleven 2014-yil NASL 27 3 2 0 - 29 3
2015-yil 25 3 1 0 - 26 3
2016-yil 22 2 1 0 2 0 25 2
2017-yil 21 2 0 0 - 21 2
Jami 95 10 4 0 2 0 101 10
Jami 107 10 5 0 2 0 114 10

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Roster: Don Smart“. Indy Eleven. 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
  2. „Roster: Don Smart“. Indy Eleven. 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
  3. „DON SMART AIMING FOR SECOND NPSL NATIONAL CHAMPIONSHIP“. npsl.com (2018-yil 4-avgust). Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  4. „FOXES ADD MIDFIELDER DON SMART AND GOALKEEPER MARK PAIS“. fresnofc.com (2018-yil 31-avgust). 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  5. „Swope Park Rangers vs. Fresno FC – 9 September 2018 – Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  6. „Madison Unveils Don Smart as First Player Signing“. uslleagueone.com (2018-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-aprel.
  7. „Don Smart Signs with Greenville Triumph“ (2020-yil 14-dekabr).