Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi — Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs tomonidan tashkil etilishi mumkin hisoblanib va uning huzurida faoliyat koʻrsatadi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul qilganda, Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va hakamlik sudyalari roʻyxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb hisoblash oʻrinli boʻladi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs uning tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi xujjatlar nusxalarini hakamlik sudi joylashgan yerdagi adliyaga yuboradi. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi oʻz nomi yozilgan blanka va yumaloq muhrga,OʻzR hududida xisob-kitob varaqlari, valyuta hisobvaraqlariga hamda boshqa bank xisobvaraqlariga ega boʻlishi ham mumkin. Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudi faoliyatini tugatish tartibi Doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudining qoidalari bilan belgilanadi („Hakamlik sudlari toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonuni)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi