Dogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dogʻ tushishidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Dogʻ, dogʻ tushishi (oʻsimliklarda) — q. x. ekinlarining barg , poya, meva va b. qismlarida nobud boʻlgan hujayralardan vujudga kelgan dogʻ bilan tavsiflanuvchi kasallik. Nekrozlarnij bir koʻrinishi. D. tuproqda oziq moddalarning yetishmasligidan, sanoat chiqindi gazlarining havoni ifloslantirishidan, oʻsimliklarning kuyishi, zamburugʻlar (qarang Zamburugʻli kasalliklar), bakteriyalar (qarang Bakterial kasalliklar), viruslar (qarang Virusli kasalliklar) bilan kasallanishi va b. dan paydo boʻladi. Dogʻ hosil qiluvchi qoʻzgʻatuvchilar, odatda, toʻqimalarga tarqalish jarayonida oʻsimlik-xoʻjayin tomonidan koʻrsatiladigan mexanik va kimyoviy toʻsiqqa duch keladi. Mexanik toʻsiq sogʻlom va kasallangan toʻqimalar oʻrtasida hosil boʻlib, infeksiya oʻchogʻini chegaralab qoʻyadigan poʻkak katlam koʻrinishida namoyon boʻladi. Kimyoviy toʻsiq oʻsimlikning kasallangan va unga qoʻshni hujayralarida parazit uchun zaharli boʻlgan fenolli moddalarning toʻplanishi bilan bogʻliq. D.ning tashki koʻrinishi parazit bilan oʻsimlikxoʻjayining oʻzaro munosabatiga bogʻliq boʻlib, ularning oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Patogen oʻsimlikka kirganda himoya reaksiyasi kuchli boʻlsa, unda mayda nekrotik D. vujudga keladi va parazitning rivojlanishi toʻxtaydi. Agar himoyalanish sust boʻlib, yuqumni chegaralab qoʻyishga kuchi yetmasa, unda D. hajmi asta-sekin kattalashib boradi (mas, gʻoʻza, pomidor, kartoshkada makrosporioz, lavlagi fomozi va b.)- Baʼzan D.da kon-sentrik halqa koʻrinishidagi toʻxtab turuvchi zona koʻzga yaqqol tashlanadi (zonal D.)- Patogen zamburugʻlar keltirib chiqaradigan turli shakl hamda rangdagi quruq D. yuzasida zamburugʻ sporalarini kuzatish mumkin. Bakterial D. mayda, rangsiz hoshiya bilan oʻralgan boʻlib, baʼzan ulardan yelimshak tomchilar chiqib turadi (mas, gʻoʻza gommozi). Virusli D. barg tomirlari boʻylab joylashadi yoki oʻziga xos halqalar, shakllar hosil qiladi. D. rangi qizil, toʻqqoʻngʻir, kulrang , qora, oq boʻlishi mumkin. D. barg , meva, poya qismlarining qurib qolishiga sabab boʻlib, oʻsimlikning fotosintetik sathini kamaytiradi va hosildorlikni pasaytiradi.

Qarshi kurash choralari havola koʻrsatilgan maqolalarda berilgan.

Abdukarim Zikiryoyev.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil